BILASIZMI?



Ka’baning turli nomlari bilan tanishib, nima uchun shundau nomlanganligini bilmoqchi bo’lganlar uchun qiziqarli ma’lumotlar. Ka’baning bir necha nomlari bordir.

1. Ka’ba;

Nima uchun Ka’ba shunday namolangandir?

Buyuk muhaddis olim shayx Saduqning “Man la yahzuruhul faqih”kitobida naql qilinishicha, Ka’baning shunday nomlanishiga sabab, uning to’rtburchak kub shaklida ekanligidir. Chunki arab tilida bunday shaklning nomi “ka’ba” deb nomlanadi. Endi shunday savol tug’ilishi mumkinki, nima uchun Ka’ba aynan shu shaklda barpo qilingandir? Bu savolning javobi ham imomlarimiz naql qilgan hadislarida kelgandir. Sababi Ka’ba “Baytul ma’mur”ning tagida joylashgan va u to’rtburchak shaklidadir. Endi nima uchun “Baytul ma’mur” bu shaklda desangiz, uning shakli Allohning Arshi A’losi shaklidadir. Arshi A’lo esa nima uchun to’rtburchak shaklda desangiz, javobi shuki, uning to’rt qirrasiga to’rt jumla yozilgandir:

1. Subhanalloh;

2. Alhamdulillah;

3. La ilaha illallohu;

4. Vallohu akbar.

2. Baytul Atiq;

Qur’oni Karimda Ka’baning yana bir nomi Baytul atiq deb aytilgandir. Buning sababi haqida imom Boqir (a.s)dan so’rashganida ul zot bunday deb javob bergan edilar:

Baytul atiq degani “Ozod uy”degan ma’noni bildiradi. Ka’baning ichi  odamlardan xoli va uning biror moliki yo’qligi uchun u bu nom bilan nomlangandir.

Boshqa bir hadisda Abu Hamza Sumoli bunday deb rivoyat qilgandir:



1