Har kimni ham imom desa bo’laveradimi?



Albatta yo’q! har kimni ham imom bo’la oladi deb ayta olmaymiz. Nimaga deganda imom bo’lishlikning o’ziga yarasha shartlari bordir. Imomlarni Allohning o’zi paygambarlarni tanlagani kabi tanlab oladi. Chunki imomlikka loyiq shartlar kimda borligini Uning o’zi yaxshi biladi.

Avvalo imomlik martabasi Qur`onda ulug`lanishi haqida aytib o`tishimiz kerakdir. Imomat hatto risolat va nubuvvat maqomidan ham balandroqdir.(Albatta ba’zi paygambarlar ham imom va ham paygambar edilar. Masalan Ibrohim(a.s), Muso (a.s),Iyso(a.s), Muhammad (saov). Ularning martabalari beshak juda yuqoridir).  Zero hazrat Ibrohim (a.s) haqlarida keltirilgan qissada bu narsa yaqqol namoyon bo`ladi:

وَإِذِ ابْتَلَى إِبْرَاهِيمَ رَبُّهُ بِكَلِمَاتٍ فَأَتَمَّهُنَّ قَالَ إِنِّي جَاعِلُكَ لِلنَّاسِ إِمَاماً قَالَ وَمِن ذُرِّيَّتِي قَالَ لاَ يَنَالُ عَهْدِي الظَّالِمِينَ

Eslang: Ibrohimni bir necha so'zlar bilan Rabbi imtihon qilganida, ularni mukammal ado etdi. Shunda (Alloh): "Albatta, Men seni odamlarga imom (peshvo) qilaman", - dedi. (Ibrohim) "Zurriyotimdan hammi?" - deb so'radi. (Alloh) aytdi: "Mening ahdim zolimlarga tegishli emas".  (oyat mazmunidan shunday natija kelib chiqadiki, imomlik mansabi yuqori lavozimlardan hisoblanib, hz. Ibrohim og`ir imtihonlardan keyin unga noil bo`lganlar, shuningdek imom Alloh tarafidan tayinlanadi,- degan xulosaga kelish mumkin)

(Baqara surasi; 124-oyat;)

Shunday qilib hazrat Ibrohim (a.s)  nabiy va rasul bo`lgan hollarida og`ir imtihonlar bilan sinalganlar. Bu imtihonlardan muvaffaqiyat bilan o`tgan hazratga Alloh Taolo inoyat qilib imom mansabini ato etdi. Bizning  payg`ambarimiz hazrat Muhammad (S.A.O.V) nabiy va rasul bo`lish bilan birga imom ham edilar. Ba`zi payg`ambarlar ham ham payg`ambar ham imom bo`lgan edilar. Ma`lumki har qanday mansab usha mansab sohibiga mos bo`lishi kerak. Mansab yuqorilashgan sari mas`uliyat va vazifa ham og`irroq bo`ladi. Masalan islom shariati bo`yisha qozi bo`lib ishlaydigan amaldor yoki shahodat beruvchi oddiy shaxs, namozga imomlik qiluvchi odam odil bo`lishi shart qilingandir.  Shunday ekan imom bo`lishdek yuqori martabaga erishgan odam ham ma`lum shart-sharoitlarga javob berishi kerakligi tushunarlidir. Quyida ana shu sharoitlardan sanab o`tamiz:

1. Pok va begunoh bo’lish;

Imom ham payg`ambar kabi ma`sum, ya`ni xato va gunohlardan pok bo`lishi kerakdir. Zero ummatga rahbar bo`lib uni xato va adashishlardan saqlaydigan imomgagina jamiyat ishonib ergashishi mumkin bo`ladi. Imom butun vujudi bilan odamlarga xizmat qilishi kerak va odamlar uning har bir farmoniga so`zsiz itoat qilishlari lozimdir. Agar imomning o`zi xato va gunohkor bo`ladigan bo`lsa qanday qilib odamlarni hidoyat qilib jamiyatni to`g`ri nazorat qilishi mumkin?! Shubhasiz payg`ambarlar ma`sum bo`lishlari kerak, shuningdek imomlar ham yuqorida aytganimizdek ma`sum (pok va begunoh) bo`lishlari kerak. Yana shu narsani qo`shimcha qilib aytishimiz mumkinki, oldingi darsda aytganimiz “Qoidai lutf” ga asosan,  hidoyatga chaqiruvchilarning o`zlari pok bo`lmasalar unda ularning vujudlaridan nima foyda bor?

2. Har jihatdan yetuk lm sohibi bo’lishligi

Imom ham payg`ambarlar kabi odamlarning ilmiy panohgohi bo`lmog`i lozimdir. U aqoid va ahkom, Qur`onning  zohir va botinidan, payg`ambar sunnatlari  va islom dini bilan bog`liq hamma masalalardan boxabar bo`lishi kerak. Chunki u ham shariatni muhofaza qiluvchi va ham ummat rahbaridir. Hayotda duch keladigan turli qiyin masalalarni to`g`ri hal qilib bermaydigan odam hech vaqt ummatga imomlik qila olmaydi. Xulosa qilib aytganda, imom- ummatning eng bilimdon va eng dono odami bol`ishi kerak. Bu ilmiy yetukligi bilan payg`ambarimiz (S.A.O.V) bo`shagan o`rinlarini to`ldirib islomni aynib ketishidan saqlab qolishi kerak.

3. Botir va qo’rqmas bo’lishi:

Imom jamiyatdagi eng qo`rqmas va shijoatli odami bo`lishi kerak.  Zero hayotning turli qiyinchiliklarida ummatni olg`a sari yetaklovchi rahbar shijoatli bo`lmay iloji yo`q.  Dushmanlar qarshisida qo`rqmay zolimlarga jasurlik bilan javob qaytara olish imomning xususiyatlaridan biridir.

4. Molu-dunyoga o’ch bo’lmasligi;

Bizga ma`lumki  dunyoga, zebu-ziynatga o`ch odamlar tez dunyoga aldanib haqdan og`ish ehtimollari ko`proqdir. Gohida tama`girlik qilsa ba`zida esa tahdidlar qurshovida qolib ketishi mumkin. Lekin imom dunyo qarshisida asir emas, balki amir bo`lishi kerak. U moddiy jahon qarshisida ozod, havoyi nafsga tobe bo`lmay, molu-dunyoga bog`lanmagan bo`lishi kerak. Uni hech kim bu narsalar bilan alday olmaydi.



1 next