Hazrat Muhammad(saov) oxirgi paygambarShundan keyin butun biyobonda jimjitlik hukmronlik qildi. Hazrat xutbalarini davom ettirdilar: Qani aytinglarchi men sizlarga tashlab ketayotgan ikki qimmatbaho narsa bilan nima qilasizlar? Shunda odamlar orasidan: Qanday qimmatbaho ikki narsa, yo Rasululloh?-degan ovoz eshitildi. Payg`ambarimiz javob berdilar: birinchisi- og`irroq v aqimmatroq bo`lgan Allohning kitobi Qur`ondir. Undan uzoqlashmang. Aks holda gumroh bo`lasizlar. Ikkinchi qimmatbaho narsa- bu mening avlodim. Xudovand menga bergan xabariga ko`ra bu ikki qimmatbaho boylik bir- birlaridan jannatda menga yetishgunga qadar ajralmaslar. Bu ikki boylikdan oshib o`tishga harakat qilmangki, halok bo`lasizlar. Orqada ham qolib ketmangki u holda ham halok bo`lasiz. Shunda payg`ambarimiz ko`zlari bilan kimnidir qidirdilar va ko`zlari Aliga tushishi bilan uning qo`lidan ushlab tepaga ko`tardilar. Hattoki har ikkalalarining qo`ltiq osti oqligi ko`rinib ketdi. Keyin payg`ambarimiz balandroq ovoz bilan: Ayyuhannos! Mo`mionlar uchun o`zlaridan ko`ra kim haqliroqdir? –deb so`radilar. Odamlar: Alloh va uning rasuli bilguvchiroqdir- dedilar. Payg`ambarimiz shunday dedilar: Alloh mening mavloim va rahbarimdir. Men esa mo`minlarning mavlosi va rahbariman va ular uchun o`zlaridan ko`ra haqliroqman. Men kimning mavlosi va rahbari bo`lgan bo`lsam , mana bu Ali uning mavlosi va rahbaridir. Bu jumlani payg`ambarimiz uch marta (ba`zi rivoyatlarda to`rt bor) takrorladilar. So`ng osmonga qarab “Allohim, har kim Alini yaxshi ko`rsa Sen ham uni yaxshi ko`r, har kim unga adovatli bo`lsa Sen ham unga dushman bo`l! Yordamchilariga O`zing ko`mak qil, uni tark etganlarni Sen ham tark qil! Haqni Aliga hamroh va Alini haqqa hamroh qil!-deb duo qildilar. Keyin odamlarga yuzlanib: Bu yerda hozir bo`lganlar g`oiblarga mening aytganlarimni yetkazib qo`ysin;-dedilar. Shundan keyin hanuz odamlar tarqalmagan ediki, Jabroil quyidagi oyatni keltirdi: bugun diningizni sizlarga komil qildim va ne`matimni to`liq berdim (Moida surasi;) oyat nozil bo`lgandan sevingan payg`ambarimiz : Allohu akbar! Dinimiz komil ne`matlar to`liq bo`ldi. Alloh mening risolatimdan va Alining rahbarligidan rizoyatini bildirdi! Odamlar orasida shov-shuv ko`tarildi, hamma ( jumladan Abu Bakr va Umar) Alining oldiga borib uni tabriklashdi. Ular bunday deyishardi: Ofarin ey Abu Tolib o`g`li! Mening va jamiki iymonli erkak va ayollarning mavlosi bo`lding. Mana shundan keyin diningiz komil bo’ldi oyati nozil bo’lgan edi.
|