Hazrat Muhammad(saov) oxirgi paygambar



Olamlarga payg’ambarimiz Muhammad (saov)ni rahmat qilib yuborgan olamlar Robbisiga hamdu-sanolar bo’lsin! Allohning durud va salavotlari ul kishi va pok xonadonlariga bo’lsin! Bizning    ummatimiz, ya’ni islom ummati o’tgan hamma ummatlar havas bilan qaraydigan ummatlardandir. Chunki islom ummatiga oldingi ummatlarga berilmagan ne’matlar a’to etilgandir. Sababi esa islom ummati oxirgi ummat, payg’ambarimiz oxirgi payg’ambardirlar. Har bir ummat ketidan kelgan yangi ummat dini komiltar bo’ladi, boshqacha aytadigan bo’lsak, bashariyatning aqliy kamoli oshgani sari oldingi din eskirgandek bo’ladi va Xudovand yangi payg’ambar va yangi shariat yuboradi. Shunday qoida asosida paygambar ketidan paygambar, din ketidan yangi din kelavergan. Albatta bu o’rinda aytib o’tishimiz lozimki, hamma dinlarning asl negizi o’zgarmasdir va hamma payga,barlar ham o’z dinlarida bu negizlarni qo’llab quvvatlashgan. Bu uch ustun quyidagilardan iboratdir:

1. Tavhid (Allohning yagona sherigi yo’qligi);

2. Paygambarlarning Alloh tarafidan yuborilgan elchi ekanligi;

3. Qayta tirilish va oxirat olamining haq ekanligi;

Bizning paygambarimiz hazrat Muhammad (saov) oxirgi paygambarliklarining ma’nosi shuki, ul zotning keltirgan dinlarini boshqa paygambar kelib yangilatmaydi, ya’ni komilroq qilmaydi, o’zi komil dindirdir.

الْيَوْمَ يَئِسَ الَّذِينَ كَفَرُواْ مِن دِينِكُمْ فَلاَ تَخْشَوْهُمْ وَاخْشَوْنِ الْيَوْمَ أَكْمَلْتُ لَكُمْ دِينَكُمْ وَأَتْمَمْتُ عَلَيْكُمْ نِعْمَتِي وَرَضِيتُ لَكُمُ الإِسْلاَمَ دِيناً

Bugunga kelib, endi kofirlar diningiz (mag'lubiyati)dan noumid bo'ldilar. Shuning uchun ulardan qo'rqmangiz, Mendan qo'rqingiz! Ana, endi bugun, diningizni kamoliga yetkazdim, ne'matimni tamomila berdim va sizlar uchun Islomni din bo'lishiga rozi bo'ldim.(Moida surasi, 3-oyat);

Dinimiz komil bo’lganligining oyatining nozil bo’lish tarixi esa quyida hikoya qilinadi.

Ko`plab tarixchi olimlarning yozishlaricha hazrat Payg`ambarimiz o`zlarining oxirgi haj marosimlaridan qaytayotganlarida Makka va Madina shaharlari orasida joylashgan Juhfa yaqinidagi quruq va issiq biyobondagi G`dir  Xum nomli yerga yetib keldilar. Bu yerda hajdan qaytayotgan musulmonlarning yo`li turli tarafga bo`lib ketadigan ayriliq yeri hisoblanadi. Bu yerga yetib kelgan payg`ambarimiz hamma musulmonlarga to`xtashni buyurdilar. Oldinga o`tib ketgan karvonlar orqaga qaytishdi va orqada qolib ketganlari esa yetib kelishdi. Kun juda issiq edi va musulmonlar payg`ambarimizga iqtido qilib peshin namozlarini o`qishdi, ular issiqdan toqatsizlanib chodirlarining ichiga kirib ketishayotganlarida payg`ambarimiz muhim bir ma`ruza qilmoqchi ekanliklarini bildirdilar. Tuyalarning jihozidan darrov bir minbar yasattirib xutba o`qidilar. Bu xutba juda mukammal bo`lib turli kitoblarda “Hajjatul vido xutbasi” nomi bilan mashhurdir. Payg`ambarimiz minbarga chiqqach avvalo Xudoga hamdu-sano o`qidilar so`ngra esa odamlarga qarab shunday dedilar:  Tez orada Robbimning da`vatini qabul qilib sizlarning orangizdan ketajakman. Men mas`uldirman va sizlarning har biringiz ham mas`uldirsizlar. Men haqimda qanday shahodat berajaksizlar?  Shunda odamlar baland ovoz bilan “Shahodat beramizki, siz Allohning risolatini bizga yetkazdingiz, nasihat qildingiz va Alloh yo`lida jihod qildingiz. Alloh o`zi ajringizni bersin”-deb javob berishdi. Payg`ambarimiz so`radilarki:  Sizlar Allohning yagonaligiga, mening risolatimga qiyomat kuni va o`liklar tirilishiga guvohlik berasizlarmi? Odamlar: “ ha, guvohlik beramiz” –deyishdi. Shunda payg`ambarimiz : Xudovando! O`zing guvoh bo`l! – dedilar. 

 So`ng:  Ey xaloyiq! Ovozimni eshityapsizlarmi? Odamlar: “Ha!”-deyishdi.



1