QALB LATOFATINI YO’QOTUVCHI OMILLARAziz o’quvchilar, agar ahamiyat bergan bo’lsangiz ba’zi odamlarda qalb latofati mavjud bo’lib ular namozlarida yoki duo o’qishlarida ko’zlari yoshga to’ladi. Ana shunday odamlarni mushohada qilganimizda bizning zehnimizda “Nima uchun ba’zilar bagri tosh va ba’zilar esa qalbi mulojim bo’ladi?†degan savol tug’ilgan bo’lishi mumkin. Bu bahsimizda bag’ri toshlikni keltirib chiqaruvchi omillar haqida so’z yuritmoqchimiz. Chunki qalb latofatining ketishi yomon oqibatlarga keltiradi. Tarix sahifalarida qilingan og’ir jinoyatlar aksari ana shu qalb qattiqligi natijasida kelib chiqqandir. Shunday ekan bu mavzuni muhim deb hisoblab, bu haqda bahslashishni istadik. Umid qilamizki, uni o’qigan azizlar o’zlariga xulosa chiqaradilar. Qur’oni Karimda aytilishicha quyidagi omillar qalb qattiqligiga sabab bo’ladi:1. Zalolat va gumrohlik; 2. Ahdu paymonni buzish; 3. Allohning dasturlaridan bo’yin tovlash va bahonachilik; 4. Balandparvoz orzular; 5. Gunoh ko’pligi va shirk keltirish; Rivoyatlarda boshqa omillar ham keltirilgan bo’lib, ular ham yuqorida keltirilgan omillardan kelib chiqqandir:1. Ibodatni tark qilish; 2. G’aflat; 3. Shayton vasvalari; 4. Molu-davlatning ko’p bo’lishi;
|