Faqirlar paygambari



وَ اللّهُ ليحِبُّ كُلَّ مُخْتال فَخُور

Alloh hargiz mutakabbir va o’ziga ishongan magrurlarni suymaydi

Alloh Taolo mutakabirlarni yomon ko’rgani uchun va kambagallar orasida bundaylar oz bo’lgani uchun ham kambagallarni yaxshi ko’radi. Shuning uchun Xudo paygambarimizga kambagallarni yaxshi ko’rgin, illo osiy va iymonsizlarni yomon ko’rgin, deb aytadi. Agar boylarni yaxshi ko’rgin, deb buyurganida edi, u holda illo falon sifatlarga ega bo’lmasin deb ko’p sifatlarni sanab o’tishga majbur bo’lgan bo’lar edi. Axir bundaylar orasida yomon sifatlilari ko’proq uchraydi. Uning ustiga agar boylarni yaxshi ko’radigan bo’lsak, bu muhabbat faqat Alloh uchun bo’lmasdan boshqa narsa uchun ham bo’lishi mumkin. Chunki unday odamlarning yoqimli xislatlari ko’proq bo’ladi. Ular tarafga jalb qiluvchi boylik ham o’z tasirini o’tkazmay qolmaydi. Inson tabiati shundayki, u boylikni bir imtiyoz biladi, shuning uchun boy odamni ko’rganida unga nisbatan hurmat bilan qaraydi. Shuning uchun uning azamati va haybati qarshisida o’zini nochor va pastroq deb hisoblaydi. Har qanday odam o’zini shunday tarbiyalagan bo’lishi kerakki, biror badavlat mo’min birodarini ko’rib qolsa, uning boyligi uchun emas balki faqat va faqat iymoni uchun yaxshi ko’rsin. Agar yaxshi ko’rish faqat iymoni uchunbo’ladigan bo’lsa, u holda kambagal odam va boy odamni yaxshi ko’rish faqat iymonining darajasiga ko’ra bo’lib also boy va kambagal odamning muhabbati o’zaro farq qilmasligi kerak bo’ladi. Ana shundagina qo’yilgan muhabbat haqiqiy Xudo uchun bo’ladi va Alloh Taolo ana shunday muhabbatni sevadi.

Manba:

Muhammad Taqiy Misboh Yazdiyning  “Yor tarafga yo’l topganlar” kitobidan olindi.

WWW.HIDOYAT.ORG – Xalqaro Islomiy Axborot va Ma'lumotlar Markazida tayorlangan



back 1 next