Faqirlar paygambari



«يا اَحْمَدُ؛ مَحَبَّتى مَحَبَّةُ الْفُقَراءِ فَادْنِ الْفُقَراءَ و قَرِّبْ مَجْلِسَهُمْ مِنْكَ;

 Ey Muhammad! Faqirlarni yaxshi ko’rish Meni yaxshi ko’rish demakdir. Shunday ekan ular bilan birga o’tirgin va hamsuhbat bo’lib turgin.

Dunyoga boglanib qolgan ozod va erkin kambag’al musulmonlar Alloh uchun suyukliroqdirlar. Shuning uchun ularga muhabbatli bo’lish Allohga muhabbatli bo’lish demakdir. Alloh Taolo o’z rasuliga xitob qilib: Kambagallar bilan raftu-omad qilib ular bilan aloqa o’rnatgin . agar biror yigilishda o’tirganingda  boy va kambagal odam u yerga kirib keladigan bo’lsa, kambagalni o’z yaqiningga o’tkazgin, hech vaqt uni o’zingdan uzoqlashtirmagin, agar men aytgan mana narsalarga amal qilsang Menga yaqinroq bo’lasan,  deb aytadi.

«وَ اَبْعِدِ الاَْغْنِياءَ وَ اَبْعِدْ مَجْلِسَهُمْ عَنْكَ فَاِنَّ الْفُقَراءَ اَحِبّائى;

Boylar va sarvatmadlar bilan birga o’tirishdan saqlan va kambagallarga yaqinroq bo’lgin.

Shu o’rinda quyidagi savol tugilishi mumkin: Nima uchun Alloh kambagallarga yaqinlashishni tavsiya etadi va boylardan uzoqlashishni buyuradi? Axir kambagallarning har xili bo’ladi-ku, ba’zilari yaxshi bo’lsa ba’zilari esa yomon odamlardir. Yoki aksincha boy-badavlat odamlar orasida taqvoli bandalar oz emas-ku?

Bu savolning javobiga shuni aytishimiz mumkin: Avvalo kambagalga muhabbatli bo’lish deganimizda iymonli kambagalni nazarda tutamiz. Agar mabodo taqvoli boy odam bo’ladigan bo’lsa, uni o’zimizdan uzoqlashtirishimiz kerak emas. Lekin shu haqiqatni ham etirof etishimiz kerakki, aksari boy odamlar boylikning vasvasasiga uchib kufrona ne’matga uchraydilar. Lekin boyligining vasvasasiga uchramagan, uni to’gri yo’lda sarflaydigan boy odamlar maqtov va muhabbatga sazovordirlar. Chunki aksari boylar tugyonga yuz tutadilar:

كَلاَّ اِنَّ الاِْنْسانَ لَيطْغى. اَنْ رّاهُ اسْتَغْنى;

Inson boylikka yetishgandan keyin kufr va tugyonga yuz tutadi (Alaq surasi; 6-oyat;)

Boyligi bor odam unga ishonib o’ziga ortiqcha suyanib qolishi mumkin, lekin kambagal odamning esa suyanadigan narsasi yo’q, shuning uchun takabbur lik qilmaydi. Odamlarni gunoh va fasodga boshlovchi muhim omillardan biri ham ana shu takabbur va g’urur hisoblanadi. Xudovang Hadis surasining 23-oyatida bunday deydi:



1