G'aroyib karomat va ajoyib tush



557 hijriy yilda Shom otobeklaridan bo’lmish Nuriddin bin Mahmud bin Zangiy Shom va Hijozda hokimlik qilar edi. U ehson qiluvchi solih bandalardan bo’lib, kechalari tahajjud namozlarini kanda qilmay o’qir edi. Bir kuni kechasi odatdagidek kecha namozini o’qib bo’lganidan keyin uxlab ajoyib tush ko’rdi. Tushida hazrat rasulullohni ko’ribdi, ul zot: Meni mana bu ikki odamning qo’lidan qutqargin-der edilar. Hayratdan uygonib ketgan hokim bir pas turib yana yotib uxlabdi. Lekin bu gal ham xuddi avvalgi tushni takroran ko’ribdi. Uch martagacha bir xil tush ko’rgan Nuriddin boshi qotibdi. U o’zining dono va taqvodor vaziri  Jamoliddin Muvassaliy bilan maslahatlashishni ep bilibdi. Unga tushini aytib berganida , vazir aytibdiki: Siz Madinaga boring, balki u yerda sizning qo’lingizdan keladigan bir muhim ish bordir. Nuriddin yigirmaga yaqin vazirlari va yaqin odamlari bilan ko’proq pul olib Madinaga yo’lga tushibdi Masjidun nabiyg borib namoz o’qibdi, keyin esa nima ish qilishini bilmay boshi qotibdi. (Usha kuni kechasi qattiq momaqaldiroq bo’lib yer ham qimirlagan edi.)  U tushida ko’rgan ikki odamning qiyofasini eslab qolgan edi. Shuning uchun ularni topish maqsadida vazirlariga aytibdiki, ular Madina ahliga jar solib aytsinlarki, Hokim hamma ahli Madinaga ehson qilmoqchi, hamma uning oldiga borsin. Odamlar hokim oldiga oqib kela boshladilar. Hokim hammaning yuziga diqqat bilan qarab chiqibdi, lekin kelganlar orasida tushidagi ikki odamni ko’rmabdi. Madinaliklardan: Yana kim kelmadi?-deb so’ragan edi, odamlar ‘Faqat ikki kishi qoldi, ular o’zlari boydirlar. Bu ikki odam Garbdan hajga kelishgan, lekin kechasiyu kunduzi ibodat bilan mashguldirlar, hamisha Baqi’ qabristoniga borib ziyorat qiladilar, namozlarni faqat jamoat bilan ado etadilar’-deb maqtashibdi. Hokim Nuriddin usha ikki odamni ko’rmoqchiligini bildiribdi. Ularni huzuriga keltirishganida esa tushida ko’rgan odamliklarini bilibdi. Hokim ulardan qayerdan ekanliklarini so’rabdi. Ular: Biz Yevropadan haj qilish uchun rasulullohni ziyorat qilish uchun keldik-deb javob berishibdi. Nuriddin rostini aytinglarsizlar Madinaga nima maqsadda kelgansizlar?- dedi. U ikki odam esa indamay qolishibdi. Hokim ulardan qayerda yashayotganliklarini so’rabdi. Ular Haram yaqinidagi karvon saroyda turganliklarini aytishibdi. Shunda hammalari ular yashayotgan yerga borishibdi. Shunda ular yashayotgan hujrada namat ostida yashirilgan yer osti yolini topishibdi. Nuriddin –hokim Endi hammasini bir boshdan aytib beringlar-chi sizlar nima uchun kelgansizlar deb ularni so’roqqa tutibdi. Oxiri ular rostini aytishga majbur bo’lishibdi:

Biz ikkimiz ham nosarolardanmiz. Bir kuni podshohimiz va cherkov ruhoniysi bizlarni huzurlariga chaqirtirishdi va bizlarga juda ko’p pul berib, sizlar ehrom kiyib musulmonlarga o’xshab Madinaga borasizlar va qanday bo’lmasin paygambarlarining jasadini bu yerga (Ispaniyaga) keltirasizlar-deb tayinlashdi. Shuning uchun biz Haramga yaqin yerdan joy oldik va har kuni bu yerdan yer osti yo’li kavladik. Chiqqan tuproqlarni esa Baqi qabristonining ziyoratchilari kabi bo’lib sekin usha yerga chochib kelar edik. Bugun kechasi esa qattiq yer qimirlashi va chaqmoq chaqishidan qo’rqib ishimizni bitira olmadik. Uning ustiga mana qo’lga ham tushdik.

Ertasi kuni Nuriddin Madina aholisini yigib haligi ikki nasoroni chaqirtirib ulardan hammaning oldida niyatlarini aytib berishlarini talab qilibdi. Ular mojaroni aytib berishganidan keyin Hokim ko’rgan tushini va hamda bu ishga Xudo aynan uni loyiq ko’rganligidan qattiq hayajonga tushib hammaning oldida yiglabdi.

Keyingi kuni u ikki kishi Haram yaqinida o’ldirildi. Nuriddin esa Haram atrofida aylantirb  chuqur qazdiribdi. U usha qazilgan chuqurlarga qo’rgoshinni eritib quiydiribdi, keyin yana ustiga tuproq torttirib yana qaytib Shomga ketibdi.

Aytib o’tishimiz kerakki, bo’lib otgan bu voqea marhum muhaddis Nuriyning Dorul islom kitobi 2-jild, 109-betda Sayyid Zomin Madaniyning “Tuhfatul azhor” kitobidan naql qilib keltirgan. Uning aytishicha usha yili Fazl bin Amir Hoshim Madina hokimi bo’lgan edi.

Shuningdek, Samhudiy o’zining “Vafoul vafo” kitobida, 2-jildi, 648-betida keltirib turli dalillar bilan haqiqatdan ham Nuriddin 557-hijriy yilda Madinaga safar qilganligini aytadi.

Nuriddin Mahmud bin Zangiy Shom otobeklaridan bo’lib 540 yildan 570- yilgacha Shomda hukumat qilgan edi. Nuriddin Mahmud mashhur silsilaga mansub bo’lib uning haqidagi ma’lumotlarni Ibn Asir o’zining “Tarixi komil ’ kitobining 9-jildida uning holati haqida batafsil ma’lumot bergan.

(Vahiy Xonadoni kitobidan olindi. Muallif Sayyid Ali Akbar Qurayshiy) 

WWW.HIDOYAT.ORG – Xalqaro Islomiy Axborot va Ma'lumotlar Markazida tayorlangan



1