Paygambarimiz (s.a.o.v) ning afzalliklari haqidagi munozara



Imom Abu Abdulloh (a.s) ning ilmiy kamolotini bayon qiluvchi ko’plab munozaralarning birini bu yerda qisqartirilgan holda keltiramiz.

Abu Hanis Kufiy aytadi: Men imom Sodiq (a.s) ning majlisida o’tirgan edim. Bir nechta nasroniylar ham u yerda bor edilar.  Ular Muso (a.s)  va Iyso (a.s) larning hazrat Muhammad (s.a.o.v ) bilan oralarida tafovut  va afzallik yo’q, chunki har uchchalalari ham shariat egasi va kitob sohibi bo’lganlar, deb iddio qilar edilar.  Shunda imom Sodiq (a.s) aytdiki,  paygambarimiz donoroq edilar va afzalroqlar. Allohu taolo ul zotga berganchalik hech kimga ilmu donish bermagan. Shunda ular: Aytganingizni Qur’ondan keltira olasizmi? –deb so’rashdi. Imom Sodiq (a.s) :

وَكَتَبْنَا لَهُ فِي الأَلْوَاحِ مِن كُلِّ شَيْءٍ مَّوْعِظَةً وَتَفْصِيلاً لِّكُلِّ شَيْءٍ فَخُذْهَا بِقُوَّةٍ وَأْمُرْ قَوْمَكَ يَأْخُذُواْ بِأَحْسَنِهَا سَأُرِيكُمْ دَارَ الْفَاسِقِينَ

Uning uchun lavhlarda (Tavrot sahifalarida) nasihat va har narsaning tafsiloti sifatida har narsadan bitib qo'ydik. Bas, (Ey, Muso!) Ularni quvvat (jiddiylik) bilan olgin va qavmingga ularning yaxshi (bitilgan ahkom)larini tutish (tatbiq etish)lariga buyurgin! Sizlarga fosiqlar diyori (qanday halokatga yuz tutgani)ni ko'rsatajakman. (A’rof surasi ; 145-oyat);

Iyso (a.s) haqida esa Qur’onda bunday deyilgan : 

وَلَمَّا جَاء عِيسَى بِالْبَيِّنَاتِ قَالَ قَدْ جِئْتُكُم بِالْحِكْمَةِ وَلِأُبَيِّنَ لَكُم بَعْضَ الَّذِي تَخْتَلِفُونَ فِيهِ فَاتَّقُوا اللَّهَ وَأَطِيعُونِ

Qachonki, Iso hujjatlarni keltirgach, dedi: "Mana men sizlarga Hikmat (Injil) bilan, sizlarga o'zlaringiz ixtilof qilayotgan ayrim narsalarni bayon qilib berish uchun keldim. Bas, Allohdan qo'rqingiz va menga itoat etingiz! (Zuxruf surasi; 63-oyat);

Hazrat Muhammad (s.a. o.v) haqlarida Qur’onda bunday deyilgan:

وَيَوْمَ نَبْعَثُ فِي كُلِّ أُمَّةٍ شَهِيداً عَلَيْهِم مِّنْ أَنفُسِهِمْ وَجِئْنَا بِكَ شَهِيداً عَلَى هَـؤُلاء وَنَزَّلْنَا عَلَيْكَ الْكِتَابَ تِبْيَاناً لِّكُلِّ شَيْءٍ وَهُدًى وَرَحْمَةً وَبُشْرَى لِلْمُسْلِمِينَ

Har bir ummat ichidan o'zlari uchun o'zlaridan bir guvohni (ya'ni, payg'ambarni) keltiradigan kunimizni eslang! Sizni esa (Ey, Muhammad), ana ular (o'z ummatingiz)ga guvoh qilib keltirurmiz. Sizga hamma narsani bayon qilib beruvchi, hidoyat, rahmat va musulmonlar uchun bashorat bo'lgan Kitob (Qur'on)ni nozil qildik. (Nahl surasi; 89-oyat)

Shuningdek



1