Ayollar uchun eng arzon pardoz



Pushaymon bo’lishni istamasang

Imom Javod (a.s) aytadi: Uch narsa bordirki, unga amal qilganlar hargiz pushaymon bo’lmaydilar: 1. Shoshma-shosharlik qilmaslik; 2. Maslahat bilan ish ko’rish; 3. Biror ishni bajarishga qaror qilganda Allohga tavakkal qilish;

Musnad ul- imomil Javod (a.s). 247-bet;

Eng yaxshi tarkib

Imom Boqir (a.s) eng yaxshi aralashma va tarkib – bi ilm bilan hilm aralashmasidir.

Bihorul anvor; dorul ihyo atroul arabi; 75-jild; 172- bet;

Faqirlik nima ekanligini bilasizmi?

Imom Hasan (a.s)dan faqr nima?-deb so’rashdi. Shunda ul hazrat bunday dedilar: Hamma narsaga o’ch bo’lish faqirlikdir.

Tuhaful uqul; 228-bet;

Qarindoshchilikning eng yaxshi yo’li

Qarindosh urugchilikni va mehr-oqibatni saqlanglar. Silai rahm qilish uchun bir ho’plam suv ichib bo’lsa ham saqlash kerak. (Bu yerda imom bir-biringiznikiga borib turinglar bunda hatto choy ichib o’tirishga vaqtingiz bo’lmasa ham bir ho’plam suv ichib tez ketsangiz ham bordi-keldini tark qilmanglar demoqchi. (tahririyatdan)). So’zini davom ettirib imom bunday dedi: Eng yaxshi qarindoshchilik bu ularga ozor bermaslikdir. (Ba’zilar silai rahm qilaman deb mehmonga boradilar va uy egasining sharoiti bilan hisoblashmasdan necha kunlab uyida qolib ketadilar. Uy egasi esa mehmonga “ket” deb ayta olmaydi. Shuning uchun imom aytmoqchiki, qarindoshlaringizni qiynab qo’ymang). Tuhaful uqul; 469-bet;

Ajdodlar bilan faxrlanish

Ba’zilar o’zlarining o’tgan ajdodlari bilan juda faxrlanadilar. Mening bobom katta qori bo’lgan, mashhur odam bo’lgan-degan gaplarni qayta-qayta aytishni xushlaydi. Lekin har bir odam o’zi uchun harakat qilmoqligi zarurdir. Quruq faxrlangan  bilan biror natijaga erishib bo’lmaydi. Imom Ali (a.s) bu borada shunday degan edi: Kim o’zining amali bilan natijaga erisholmasa  nasabi uning uchun hech narsa qila olmaydi.

Paygambarimiz (s.a.o.v) hazillari

Kunkardan bir kuni Ashja’ qabilasidan bo’lgan bir kampir paygambarimiz (s.a.o.v) huzurlariga kelgan edi, ul hazrat “Qari kampirlar jannatga kirmaydilar” dedilar. Bu gapni eshitgan haligi kampir ho’ngrab yiglashni boshladi. Bilol bin Ruboh uni ko’rib nima uchun yiglayotganini so’rabdi. Shunda u : Nega yiglamayman?! Axir rasululloh (s.a.o.v) qariyalar jannatga kira olmaydilar deb aytdilar-ku! Bilol paygambarimizning huzurlariga borib bo’lgan mojaroni ul hazratga aytib beribdi. Keyin esa “Ya Rasululloh, siz shunday deb usha kampirga aytganmidingiz?-deb so’rabdi. Paygambarimiz: Ha, shuningdek qora tanlilar ham jannatga kirmaydilar- dedilar. Bilol chiqib ketdi va o’zi ham qattiq yiglashni boshlabdi. Paygambarimiz amakilari Abbos yiglayotgan kampir va Bilolni ko’rib, buning sababini so’rabdi. Ular paygambardan eshitgan gaplarini aytib berishibdi. Abbos hazrat huzurlariga borib tashqarida ko’rganlarini hazratga aytib beribdi. Shunda ul zot: Ha, men shunday deb aytgan edim. To’grisini aytsan chollar ham jannatga kirmaydilar-dedilar. Buni qarib qolgan Abbos eshitib qattiq qayguga tushibdi. U ham nola chekib yiglashni boshlabdi. Shunda paygambarimiz har uchchalasini (kampir, Bilol, Abbos) huzurlariga chaqirtirdilar va shunday deb aytdilar: Darhaqiqat Allohi Taolo jannatga bandalarni kiritishdan oldin ularni eng chiroyli shaklga keltiradi, qariyalar yosh bo’ladi, chehralar nuroniylashadi rang ham chiroyli tusga kiradi.

Bu gapni eshitgan har uchchalalari juda xursand bo’lishibdi.

“Vahiy xonadoni” kitobidan olindi; Muallif Sayyid Ali Akbar Qurayshiy;

WWW.HIDOYAT.ORG – Xalqaro Islomiy Axborot va Ma'lumotlar Markazida tayorlangan



back 1 2