Ayollar uchun eng arzon pardozEng afzal ziynatHazrat paygambarimiz (s.a.o.v) bunday deb marhamat qilgan edilar: Ayo kishi uchun eng yaxshi ziynat – bu ularning iffat va hayolaridir. Nahjul Fasoha ; 425-bet; 2008-hadis; Qimmatbaho ne’mat nima?Inson uchun berilgan eng qimmatbaho ne’mat nima ekanligini bilasizmi? Imom Rizo (a.s) aytadi: Iymon Islomdan bir daraja yuqoriroqdir. Taqvo iymondan bir daraja yuqoriroqdir. Odam farzandiga esa yaqiyndan ko’ra yuqoriroq darajali nemat berilmagandir. (Yaqiyn iymonning yuqori darajasidir) . Tuhful uqul; 469-hadis; Hordiq chiqarish ham lozimImom rizo (a.s) aytgan edi: Hadeb o’zingizni charchatib ishlayvermang. Vaqti vaqti bilan hordiq ham chiqarib turish kerak. Lekin ko’ngil ochar paytda isrof qilishdan, shuningdek boshqalar ko’zi ongida yengilktak bo’lib ko’rinishdan saqlanmoq kerak. Bihorul anvor; 78-jild; 346-bet; Stressga uchraganlar diqqatiga!Imom Hasan (a.s) bunday degan edilar: Allohning panohida bo’lgan odam hamisha xotirjam, dushmanlari esa besaranjom va notinch bo’ladi. Tuhful uqul; 229-hadis; O’zni tutish haqidaImom sodiq (a.s) bunday deb nasihat bergan edilar: Sen uchun besh narsani tavsiya etaman. Birinchisi – birov senga zulm qilsa ham sen hech qachon birovga zulm qilmagin; Ikkinchisi – agar senga xiyonat qilishsa ham sen birovga xiyonat qilma; Uchinchisi – seni yolgonchilikda ayblashsa g’azabingni yut; to’rtinchisi – agar seni maqtashsa – xursand bo’lmagin; Beshinchisi – senga minnatdorchilik bildirishsa o’zingni yo’qotib qo’yma. Bihorul anvor; Dorul ihyo at-trol arabi; 75-jild; 167-bet;
|