Shaytonning xatarli domi



Shayton musulmon odamga ikki yo’l orqali hamla qiladi: Biri musulmon odamni vasvasa qilib diniy  birodari uchun yaxshilik qilishga yo’l qo’ymaydi.  Ikkinchisi esa -  odamni namoz  o’qishdan  kechiktiradi.

Ba’zilar biz o’z vazifamizni bajaryapmiz, namoz va ro’zalarni kanda qilmaymiz deb xotirjamlikka beriladilar. Vaholanki, diniy birodarlarga ko’maklashish ham muhim vazifalardan hisoblanadiki, uni tark qilgan odamni yaxshi musulmon deb ayta olmaymiz.  Musulmonlar yaxshi bilishlari kerakki, boshqalarga nisbatan ham malum vazifalari bordir. Qo’shni haqqi, qarindoshchilik haqqi, diniy birodarlik haqqi va shunga o’xshash turli haqlar ham musulmonlar zimmasida bordirki, ularni ado etmoq lozimdir. Bu haqni ado etishdan gaflatda qolishning bir necha sabablari bordir.

Avvalo, shayton musulmonni bu vazifasiga amal qilishdan chalgitish uchun sharoit yaratadi.

Ikkinchidan, shayton odamga bunday vasvasa qiladi: “Sening nimang borki, birovga bermoqchisan?! Undan ko’ra shu narsani olib qo’ysang keyinchalik asqotadi”.

Uchinchidan, shayton bizlarni boshqalarning g’amiga nisbatan befarq qilib qo’yadi. Ya’ni shunday qilib qo’yadiki, natijada biz “Menga nima, men shuncha harakat qilib boyligimni qo’lga kiritdim. Boshqlar ham borib o’zlari uchun harakat qilsinlar” deydigan befarq odamga aylanib qolamiz.

Hech qaysi ibodat diniy birodarining mushkilini hal qilish uchun qo’yilgan qadamdan ko’ra yuqori darajaga emasdir. Hatto agar bu qadam qo’yilganidan keyin usha mushkilni hal qilish qo’lidan kelmagan bo’lsa ham savobiga ega bo’laveradi. Hattoki mo’min birodarini ko’rish uchun boorish ham ulug’ ibodatdir (albatta Alloh roziligi uchun bo’ladigan bo’lsa).

Shaytonning yana bir domi – bu  namozni avval vaqt  (ya’ni azon aytilishi bilan) o’qib olishdan to’sish. Bandani to’gridan tog’ri Allohga yaqinlashtiradigan vasilasi – bu namoz o’qishdir. Bandani ana shunday buyuk ibodatdan to’sadigan narsasi bu ko’p uxlash, kech uxlash va yomon uxlashdir. Agar odam namozni avval vaqt o’qishni tark etadigan bo’lsa, sekin asta boshqa diniy vazifalarini ham tark eta boshlaydi. Hatto shu darajaga yetishi mumkinki, ibodat qiluvchilarni masxara qilishgacha borib yetadi.

«ثُمَّ كانَ عاقِبَةَ الَّذِينَ أَساؤُا السُّواى أَنْ كَذَّبُوا بِياتِ اللّهِ وَ كانُوا بِها يسْتَهْزِؤُنَ

Doimo gunohga  yo’l qo’yuvchilarning ishi shu darajaga borib yetadiki, ular kofirga aylanib Allohning oyatlarini masxara qilishga ham jur’at etadilar.

Shuning uchun aytamizki, namozni kechiktirib o’qishning o’zi kufrni yaratadigan omillardan biriga aylanishi mumkin xatarnok ishdir. Agar inson mana shunday xatarnok yo’lda bo’ladigan bo’lsa, ayniqsa islomdan uzoq muhitda yashaydigan bo’lsa adashib ketishi ham ancha oson kechadi. (Ahamiyat bering, biz namozni tark qilganlarni emas, balki o’z vaqtida o’qimaydiganlarning naqadar xatarga tushganliklarini aytyapmiz. Umuman namoz o’qimaydiganlar haqida gapirmasak ham bo’ladi. ) bundaylarni Qur’on oxiratlarini arzonga sotganlar deb aytgan:



1