Siz O’zingizni Izzatingizni Saqlay Oldingizmi?اَلْبَلاء٠لÙلظّالÙمْ اَدبٌ ÙˆÙŽÙ„ÙلْمÙؤْمÙن٠اÙمْتÙØانٌ ÙˆÙŽÙ„Ùلاَْنبياء٠دَرَجَّةٌ ÙˆÙŽÙ„ÙلاْÙولياء٠كَرامَةٌ; Boshga tushgan musibat zolim uchun tarbiya, mo’min uchun imtihon, anbiyolar uchun martaba va avliyolar uchun karomatdir. Allohning huzurida suyukli bo’lish mol dunyoning qanchaligi bilan emas, balki insonning izzati bilan o’lchanadi. Boy odamning izzati – boyligini to’gri sarflashida bo’lsa, kambagal odamning izzati esa qanoatli bo’lib shukr qiluvchilardan bo’lishligidadir. Qur’oni Karimda aytilishicha: ما اَصابَ Ù…Ùنْ مّÙصيبَة ÙÙÙ‰ الاَْرْض٠وَلا ÙÙÙ‰ اَنْÙÙسÙÙƒÙمْ اÙلاّ ÙÙÙ‰ ÙƒÙتاب Ù…Ùنْ قَبْل٠اَنْ نَّبْرَأَها اÙنَّ ذلÙÙƒÙŽ عَلَى اللّه٠يسيرٌ Sizlarga yetadigan har bir musibat va qiyinchilik Lavhul Mahfuz nomli kitobda oldindan bitib qo’yilgandir. Bu ish Allohga osondir. (Hadid surasi; 22-oyat) Yuqorida aytilganlarni nazarga olgan holda inson boylikni qo’lga kiritadigan bo’lsa ortiqcha magrur bo’lmasligi lozim. Yoki aksincha faqirlik va yo’qchilikka duch kelsa ham bu narsa oldindan belgilangan imtihondir deb qarashi va ortiqcha ma’yus bo’lmasligi kerak. WWW.HIDOYAT.ORG – Xalqaro Islomiy Axborot va Ma'lumotlar Markazida tayorlangan
|