Siz O’zingizni Izzatingizni Saqlay Oldingizmi?Dunyoda insonga beriladigan boylik unga ato etilgan ne’mat bo’lishi bilan birga sinov hamdir. Uning bu berilgan boylikdan qanday foydalanishi uning imtihonidir. Lekin insonga boylik berilmasligi ham bir imtihondir. Chunki yo’qchilikka ham sabr qilish buyuk imtihondan o’tish demakdir. Lekin bu degani boylik hosil qilish uchun umuman harakat qilishning keragi yo’qdir, degani emas. Xudovand o’z hikmati va maslahati asosida bandalariga malum hayotni taqdir qilib qo’ygan. Lekin taqdir qilingani degani bandasidan har qanday ehtiyorini oolib qo’ydi emas. Alloh Taolo bandalarining ba’zilarini boylik bilan va boshqalarini esa yo’qchilik bilan sinaydi. Mo’min odam Allohning taqdiriga rozi bo’ladi va agarda dunyoning hamma boyligi ham uning ehtiyoriga berilgan taqdirda ham uning uchun xayrli bo’ladi. Chunki boyligini to’g’ri yolda sarflaydi. Faqir va bechoralarga nisbatan takabburlik qilmaydi, balki mol- davlatidan unga ham ajratadi. Chunki yaxshi biladiki Alloh kambag’al odamning rizqini uning qo’liga berib qo’ygandir. Mabodo moli kasodga uchrasa ham bu uning gunohlarining kafforati uchun deb biladi. Lekin johil va iymonsiz odam esa mol-dunyosini qo’lidan boy beradigan bo’lsa, Xudo meni tahqirladi, mening Xudoning oldida bir tiyinlik ham qiymatim yo’q deb oylaydi. ÙˆÙŽ اَمّا اÙذا مَاابْتَلاه٠Ùَقَدَرَ عَلَيه٠رÙزَقَه٠ÙَيقÙول٠رَبّى اَهانَن٠; Qachonki Alloh ularni sinash uchun faqirlikka mubtalo qilisa, ular Alloh bizni xor qilib qo’ydi- deb aytadilar. (Fajr surasi; 16-oyat) Lekin xudovand bunday deydi: Ùَاَمّا الاْÙنْسان٠اÙذا مَا ابْتَلاه٠رَبّÙÙ‡Ù Ùَاَكْرَمَه٠وَنَعَّمه٠ÙَيقÙول٠رَبّى اَكْرَمَن٠; Va ammo inson g’am anduhga garq bo’lganidan keyin (sinash uchun) boylikka ega bo’lsa Alloh meni aziz qilib qo’ydi deb aytadi. (Fajr surasi; 15-oyat) Quroni Karimda faqirlikni sinov deb aytilishi bilan birga uni qilingan yomon amallarining jazosi deb ham aytilgandir. Masalan, boyligi bo’la turib kambagallarga yordam bermaganlarga “mukofot’ qilib faqirlik berilgani mumkin. Nima bo’lganda ham hammasi Allohning hikmatidan tashqarida emas. Hamma narsa insonni sinash uchun bo’lgani uchun ham biz har ishning hikmati nimada ekanligini tushunmaymiz va tushunishimizning ham aslo keragi yo’q.Aks holda sinovning sinovligi qolarmidi. Agar odamlar oldinda ularni qanday sinovlar kutayotganini bilsalar edi, shunga yarasha o’zlarini tayyorlagan bo’lur edilar va hech zarar ko’rmagan bo’lar edilar. Lekin hikmatini to’la bilmasdan turib qaziyaga bo’ysunish esa qadrli hisoblanadi. Aniqroq tushuntirish uchun sodda misol keltirmoqchimiz. Masalan, ustoz o’z o’quvchilaridan imtihon olmoqchi bo’lsa, oldindan qaysi savol tushishini aytib bermaydi. Chunki darsini yaxshi o’zlashtirgan o’quvchi uchun savollarni oldindan bilish yoki bilmaslik ko’p farq qilmaydi. Paygambarlar va ilohiy avliyolar ham shunga o’xshab ko’p topshiradigan imtihon savollarini biladilar. Lekin shunga qaramay hamma savollarga javobni tayyorlaydilar. Lekin oddiy odamlar esa agar imtihon savollarini oldindan bilsalar darslarining faqat usha savollariga tegishli qismini o’qib boshqasini o’qimay qolgan bo’lar edilar. Shuning uchun odamlar o’zlarini kelajakda qanday sinovlar kutayotganligidan bexabar bo’lganlari afzal. Biz bilmaymiz nima uchun Alloh ba’zilarga mol-dunyo va sarvat beradiyu, boshqalarga esa bechoralik va kambagallikni ravo ko’radi. Lekin nima bo’lganda hamhar ikkisi ham insonni sinash uchunligini aniq bilamiz. Yana shu narsa aniqki, boylar Xudoning nazdida suyukli va kambagallar esa Parvardigor qoshida nafratga egadir degan iddio mutlaqo noto’gridir. Hazrat Ali (a.s) ning quyidagi hadisiga diqqat qiling:
|