Nima uchun ba’zilarning duolari mustajob bo’lmaydi?



Bahsimiz nihoyasida esa qo’llarimizni duoga ochib mehribon Allohdan halol rizqu-ro’z berishini tilab qolamiz. Chunki halol rizq, aytib o’tilganidek, duolarimiz mustajob bo’lishiga va hamda Uning rizoligini qo’lga kiritishimizga sabab bo’ladi:

اللهم اجعل رزقاً حلالاً ، طیبباً ،‌ واسعا

 Xudoyo, o’zing bizlarga xayrli , barakotli va halol rizqni ato etgin!

Duo mustajob bo’lishining ma’nosi

 

Qur’oni karimda Alloh TAolo bunday deydi:

وَقَالَ رَبُّكُمُ ادْعُونِي أَسْتَجِبْ لَكُمْ إِنَّ الَّذِينَ يَسْتَكْبِرُونَ عَنْ عِبَادَتِي سَيَدْخُلُونَ جَهَنَّمَ دَاخِرِينَ

Parvardigoringiz: "Menga duo qilinglar, Men sizlarga (duolaringizni) mustajob qilay", - dedi. Albatta, Menga ibodat qilishdan kibr qilgan kimsalar yaqinda tuban holatda jahannamga kirurlar.(G’ofir surasi, 60-oyat);

Mana shu oyatni o’qigan ko’pchilik odamlar “nima uchun bizning duolarimiz mustajob bo’lmaydi? Axir Xudovand Qur’onida va’da berganku!”-deb aytishadi. Ammo duo qilishning ham o’ziga yarasha shart –sharoitlari bordirki, ularga amal qilomoq lozim bo’ladi. Ammo duo mustajob bo’ldi, deganda nimani tushunish kerak? Mana shu savolga javob bera olish uchun shu haqda bir oz suhbatlashmoqchimiz.

Duo ijobat bo’lish deganda duoga ko’tarilgan qo’llarning quruq (bo’sh) qaytmasligini tushunmoq lozim .  biror odam o’z hojatini so’rab duo qiladi, lekin Xudovand unga boshqa bir narsani beradi. Muhimi inson qo’li hech qachon Alloh dargohidan bo’sh qaytmaydi.bu o’rinda buyuk olimlardan biri hujjatul islom val muslimin Fotiminiyoning aytib bergan xotirasini keltirmoqchimiz: Bir kuni otam (u kishi mashhur ulamolardan edilar) meni bir do’stlarining uyiga yubordilar va undan falon kitobni olib kelgin, deb aytdilar. Men aytilgan manzilga bordim va otam aytgan gaplarini oshnalariga aytdim. U kishi ichkariga kirib ketdi va bir ozdan so’ng chiqib “Menda otang istagan u kitob yo’q, lekin mana bu tasbehni otangga olib borgin va “bu tasbehni kitobning o’rniga berib yubordilar uni Mashhaddan keltirgan ekanlar sizga hadya”-deb aytgin. Har holda usha kuni otamning do’stlari meni quruq qo’l bilan qaytarishni istamagan edi. Alloh Taolo ham bandalarning duolarini ijobat qiladi ammo ba’zida bu ijobat bo’lish u istagan duoning o’ngidan kelishligi emas, balki boshqa bir ish bo’lishligi mumkin, uning hikmatidan bexabar xom sut emgan banda esa hadeb Xudodan o’pkalanadi. Allohning hikmatini soddaroq qilib tushuntiradigan bo’lsak, mana bu misoldan foydalansak bo’ladi. Bir dehqon dalasida yerlarni haydab urug’ sepdi endi u faqat yomgir yogsin va ekinlarim unib chiqsin, deb umid qiladi. Yomgir so’rab duo ham qiladi. Xuddi usha qishloqda biro dam xom g’isht quyib uni sotish bilan tirikchilik qiladi. U quygan g’ishtlarini hovlisining o’rtasiga oftob tagiga yoyib ularning qurishini intizorlik bilan kutyapti. Endi mana shu kishining qiladigan birdan bir dusi shuki mabodo yomgir yog’ib qolmasin, g’ishtlarim eson-omon qurib olsin degan duo. Alloh Taoloning hikmati bor deganimizda ana shunga o’xshagan holat bor, ya’ni bir qarashda sodda ko’ringan ishlarning tagida chuqur bir mohiyat yotadi, ammo bizlar (ko’pincha ma’lum muddatgacha) hikmatdan g’ofil bo’lamiz, shuning uchun duoim ijobat bo’lmadi, deb hafa ham bo’lamiz. Ammo shuni ham bilishimiz kerakki, quyidagi toifadagi  odamning qilgan duolari hech qachon ijobat bo’lmaydi:

1.    Namoz o’qimaydigan odam;

2.    Bir insonning qonini nohaq to’kkan odam;

3.    Ota-onasiga oq bo’lgan odam;

4.    Boshqalrning obrusini to’kuvchi odam;

 


[1] - بحارالانوار، ج 90، ص 373 .



back 1 2