Nima uchun ba’zilarning duolari mustajob bo’lmaydi?



YANGI MATLAB (NEW)

Nima uchun ba’zilarning duolari mustajob bo’lmaydi?

 

Ko’pchilikni qiziqtiradigan savollardan biri- bu nima uchun duolarimiz ijobat bo’lmaydi?-degan savoldir.  Bu savolning javobida aytishiniz kerakki, duoning ijobat bo’lishining o’ziga xos shart- sharoitlari bordir va agar bu sharoit yuzaga kelmaydigan bo’lsa, duo mustajob bo’lmaydi.  Shunday ekan duo qilishdan oldin ana shu sharoitlarni o’rganib chiqib ularni amalga oshirib keyin duo qilsak maqsadga muvofiq bo’ladi.

Duo ijobat bo’lishligining birinchi sharti- bu halol luqma yeyishdir. Misol keltiradigan bo’lsak, harom luqma yeydigan insonni ichiga benzin o’rniga suv quyilgan mashinaga o’xshatish mumkin. Haydovchi naqadar urinmasin mashinasini yurgiza olmaydi, chunki ichida yonilgi emas oddiy suvdir. Duo qiluvchi ham ichida halol luqma o’rniga harom luqmani to’ldirgan bo’lsa, qanchalik urinmasin duosi qabul bo’lmaydi. Payg’ambarimiz rasuli akram (saov) dan naql qilingan hadisi sharifda bunday deyiladi:

«مَن سرّه أن یُستجاب دعائه فَلیطیّب كسبه»

Ya’ni “Kimki duosi mustajob bo’lishini istasa halol rizq –ro’z bilan tirikchilik qilsin”[1]

Agar inson halol yo’l bilan maosh oladi deylik, ammo daromadidan zakot yoki xumsini to’lamaydigan bo’lsa va usha pulidan oilasini boqadigan bo’lsa uning duosi ijobat bo’lmasligidan taajub qilmaslik kerak. Yoki ba’zilar also harom –halolning farqiga bormaydilar va qanday yo’l bilan bo’lsa-da pul topish yo’lida bo’lsalar “duolarim nimaga ijobat bo’lmaydi? ”- deb so’rashga haqqi bormi? Ish  joyidan oxirigacha ishlamay qochadigan odamning olgan maoshini halol deya olamizmi? Ana shuning uchun ham Allohdan halol rizq so’rab duo qilish kerak.

Albatta shu narsani ham ta’kidlab o’tishimiz lozimki, duo qilish  bu yaxshilik va xayrli bo’lishlikni tilashdir. Lekin ba’zida biz xayrli deb o’ylagan ishimiz aslida unday bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun ham usha o’ylagan narsamizni so’rab duo qilganimizda u mustajob bo’lmaydi. Boshqacha aytganda duolarimiz ijobat bo’lmasligi tagida ko’pincha biror hikmat yashiringandir.



1 2 next