Kasalliklarni daf qiluvchi turli xil duolar



Bo’g’inlar og’rig’ida o’qiladigan duo

Bir odam imom Muhammad Boqir (alayhi salom)ga bo’g’inlari og’rig’idan shikoyat qilgan ekan. Shunda ul hazrat quyidagi duoni unga o’rgatgan ekanlar:

اللهم اني اسئلک باسمک و برکاتک و دعوه نبيک الطاهر الطيب المبارک المکين عنک صلي الله عليه و آله و بحق ابنته فاطمه المبارکه و بحق وصيه امير المومنين عليه السلام و بحق سيدي شباب اهل الجنه الا اذهبت عني ما اجد بحقهم يا اله العالمين

Allohumma inni as’aluka bismika va barakotika va da’avahu nabiyyika at-tohir toyyibu muborakal makin indak, sollollohu alayhi va olihi va bihaqqi ibnatihi Fotimatal muboraka  va bihaqqi vasiyyihi amiral-mo’minin  (alayhi salom) va bihaqqi sayyido shababi ahlil jannati ala izhab anni ma ajidu bi haqqihim ya ilahal alamin.

Chayon chaqishining oldini olib o’qiladigan duo

Hazrat Nuh (alayhi salom) o’z kemasiga hamma hayvonlardan bir juftdan yiqqan edi. Lekin ba’zilar kemada chayon borligidan qo’rqishgan ekan. Shunda chayon bunday debdi: Men bo’ynimga shunday ahdni olamanki, kim quyidagi duoni o’qisa uni hargiz chaqmasman. Bu duo quyidagichadir:

سلام علي محمد و آل محمد و علي نوح في العالمين

Salom ala Muhammadin va oli Muhammad , va la Nuhin fil alamin.

Uyqusizlik qiynayotganda o’qiladigan duo

Imom Sodiq (alayhi salom) bunday marhamat qildilar: kimni uyqusizlik qiynayotgan bo’lsa quyidagi duoni o’qisin:



back 1 2 3 4 5 6 7 next