Kasalliklarni daf qiluvchi turli xil duolarBirinchi duo: Allohumma innaka ayarta aqvoman fi kitabika, faqulta qul ad’ullaziyna zaamt m min dunihi fala yamlikuna kashfa zurri ankum va la tahvilan fa ya man la yamliku kashfa zurri va la tahvilahu anni ahadun g’oyruhu, solli ala Muhammadin va oli Muhammad va akshif zurri va havvilhu ila man yad’u maaka ilahan axar, fainni ashhadu an la ilaha g’ayruka. Allohim, Sen o’z kitobingda zolim qavmlarni mazzamat qilib shunday degansan: “Qani Allohdan o’zgani iloh qilib olganingizni chaqirib ko’ringlarchi, sizlarga biror foydasi tegarmikan?!Ular sizlardan hech bir qiyinchilikni aritmaydilar va biror o’zgartirish kirita olmaydilar.†Ey o’zidan boshqa iloh bo’lmagan zot, payg’ambarimiz hazrat Muhammad va ularning ahli baytlariga o’zingning durudu-salavotlaring bo’lsin! Sen o’zing mendagi mushkulimni hal qil va holatimni yaxshirog’iga aylantirib qo’y. Darhaqiqat men guvohlik berib aytamanki, O’zingdan o’zga iloh yo’qdir! Ikkinchi duo: Va nunazzilu minal Qur’ani ma huva shifaun va rahmarun lilmo’minin, va la yazidu zolimina illo xasaran. Qur’onda mo’minlar uchun shifo va rahmat nozil qilinganmiz va zolimlar uchun esa ziyondan boshqa ulush yo’qdir. Uchinchi duo: Allohumma inni as’aluka bismikal lazi iza saalaka bihi muztar kashafta ma bihi min zur, va makkanta lahu fil arz va jaaltahu xalifataka ala xalqika , an tusolliya ala Muhammadin va ala ahli baytihi va an tuofiyani min illati. Allohim, Sening ismlaringni o’rtaga qo’yib so’rayman,( albatta iztirobga tushgan odam bu ismlarni o’rtaga qo’yib senga duo qilsa Sen uning mushkilotini hal qilasan. Chunki Sen odamni yer yuzidagi mavjudotlar xalifasi qilib qo’ygandirsan)payg’ambarimiz Muhammad va ularning pok xonadonlariga durudu-salovatlaring bo’lsin, meni qiynayotgan illatdan xalos qilib xotirjamlik ato etgin! To’rtinchi duo:
|