IMOM RIZO HAZRATLARI(10)Abdusalom Harroti aytadi: Men imom Rizoni ko`rish uchun u zot saqlanayotgan uy qamog`iga borgan edim, eshik tagidagi qorovuldan ko`rishish uchun Imomning huzuriga qo`yishini so`rab murojaat qildim. Qorovul menga qarab shunday dedi: - Qanday qilib u bilan gaplashishing mumkin?! Axir u tunu-kun faqat ibodat qiladiku! U bir kecha-kunduzda 1000 rakaat namoz o`qiydi. Ibrohim ibn Abbos naql qiladi: Imom Rizo har uch kunda Qur`onni xatm qilar edilar. Bu haqda o`zlari bunday deganlar: - Men uch kundan kamroq muddatda ham Qur`onni xatm qilgan bo`lur edim, lekin men uni o`qiyotganda ma`nosi, nozil bo`lish sababi, qaysi mavzu haqida nozil bo`lganligini fikrlayman, shuning uchun Qur`on tilovatida hech shoshqaloqlik qilmayman. Qachon Imomdan shar`iy savol so`rashganda, albatta Qur`on oyatlariga asoslanib javob berardilar. Ibrohim binAbbos aytadi: Hazrat juda ko`p ro`za tutar edilar. Ayniqsa, har oyning boshida, o`rtasida, va oyning oxirida ro`zani tark etmas edilar. Rajo bin Abi Zahok aytadi: Qachonki imom Rizo duo qilsalar, albatta Payg`anbarga va ularning oilalariga salavot etib, keyingina duo qilar edilar. Imom Rizo o`z sahobalariga qarab sizlarning qo`llaringizda Anbiyolarning quroli bordir, undan foydalaningiz, dedilar. Shunda sahobalari hayron bo`lib, qanday qurol ? deb so`rashdi. Imom ularga qarata,- Duo! – dedilar. Yunus bin Abdurahmon hikoya qiladi: imom Ali ibn Musai Rizo Imom Zamonni duo qilishimizni buyurar edilar. Rajo bin Abi Zohik hikoya qiladi:Imom Rizo namozda qunutda quyidagi duoni o`qir edilar: Bor Xudoyo, menga rahm qil, gunohlarimni kechir, sen kechiguvchi va qudratlidirsan! Imom Rizoning xizmatkorlari Yosir aytadi: Imom har vaqt fursat yetganda, dasturhon atrofiga hoh kichik bo`lsin, hoh katta bo`lsin barcha xizmatkorlarini chaqirardilar va ular bilan suhbatlashar edilar. U zot hech bir xizmatkorlarining holadan bexabar qolmas edilar. Sulaymon bin Ja`far Ja`fari aytadi: Bir kuni Hazratning huzurlariga musharraf bo`lgan edim, Imom tashqaridan horg`in holatda uyga kirdilar va ichkarida ishga yangi jalb etilgan mardikorni ko`rib, necha pulga bu yigit bilan kelishdingiz? – deb so`radilar. Shunda xizmatkorlari, hali pulini kelishganimiz yo`q ,- deb aytdi. Bu javobni eshitgan Imom : - Axir men sizlarga , pulini kelishmasdan turib ishchi yollatmanglar, deb aytmaganmidim?!- dedilar norozi ohangda. Harroni naql qiladi: Agar imom Rizo biron-bir narsa eslaridan chiqmasligini istasalar, bunday deb yozib qo`yardilar: Bismillohir rohmanir rohim, Inshoolloh quyidagilar yodimdan chaqmasin, so`ng hohlagan narsalarini yozib qo`yar edilar. Muhammad bin Jahm aytishicha, imom Rizo mevalar ichidan uzumni ko`proq yaxshi ko`rar edilar.
|