IMOM RIZO HAZRATLARI(10)Shi`alarning 8-imomi – Hazrat Ali ibn Musoi Rizodirlar. Eng mashhur laqablari- Rizodir. Otalari- Musai Kozim, va onalari- Najma Xotundirlar.Imom Rizo hijratning 148-yilida, zul-qa`da oyining 11- kunida dunyoga kelganlar. Shu munosabat bilan otalari-Imom Kozim ayollari Najmaning otini "Tohira" deb o`zgartirganlar. Sakkizinchi imom 55 yil umr ko`rganlar. Bundan 35 yilini otalarining huzurlarida, va 20 yili esa imom Rizoning – imomlik yillariga to`g`ri keladi. Boshqa so`z bilan aytganda , hazrat 35 yoshlarida imomlik qilish sharafiga muyassar bo`ldilar. Imom Rizoning hayotlaridagi muhim bosqich – u zotning, davr xakifasi, Ma`mun Abbosining zo`rlashiga ko`ra , Xurosonga kelishlaridir. Umuman olganda, Imom Rizo Abbosilarning quyidagi xalifari xilafatida yashaganlar: Horun- Arrashid; Muhammad-Amin; Abdulloh-Ma`mun. Ma`mun imom Rizoni zo`rlab Xurosonga keltirishidan maqsad – Madinada u zotning tarafdorlarini ko`payib ketishining oldini olish, shuningdek, Xuroson aholisining Hukumatga qarshi isyonlarini bostirish bo`lgan. Shuning uchun Ma`mun Imom Rizoni zohiran, yaxshi qarshilab, ul zotga "valiahdlik" maqomini taklif etadi. Albatta, Imom bu mansabni qabul qilmaydilar, lekin Ma`mun tahdid qilish yo`li bilan Hazratni "valiahd" qilib ta`yinladi. Mansablaridan Alloh yo`lida foydalangan Imom xalifaga aslan mos tushmas edi. Boshqa tarafdan esa Hazratning el-yurt oldidagi kun sayin ortib borayotgan obrulari xalifaga tinchlik bermas edi. Shuning uchun kunlarning birida Ma`mun bin Rashid Imomni o`z saroyiga da`vat qilib bu zoti bobarakotga zahar qo`shilgan uzum berib ularni shahid qildi. Yetmaganiga, bu mudhish xabarni xalqdan bir kechayu – kunduz sir saqladi.Hijratning 203-yilida, Safar oyining oxirgi kuni Imom Ali ibn Musai Rizo shahid bo`ldilar. Ularning pok maqbaralari Eronning Xuroson hozirgi Mashad shahrida bo`lib, buyuk ziyoratgohga aylangandir. IMOM RIZONING SIYRATLARI Rajo bin Abi Zahok naql qiladi: Xudoga qasamki, men undan , ya`ni Imom Rizodan, ko`ra taqvodorroq, Xudoning zikrida zakirroq va parhizkorroq bironta odamni ko`rmaganman. Ibrohim bin Abbos aytadi: Imom kechalari kam uxlar, ko`proq zikru-tasbeh bilan tong ottirar edilar.
|