4-7 - DarsYETTINCHI DARSQAYTA TIRILISH VA YARATILISH HIKMATIKo`pchilik odamlar “Alloh bizni nima uchun yaratgan?†deb so`raydilar. Gohida esa “O`zi keng jahon nima uchun yaratilgan?†deyishadi. Chindan ham har narsadan behojat zot bo`lmish Xudovand nima uchun nimalarnidir yaratadi, axir uning hech narsaga ehtiyoji yo`qku? Bu savollarga juda uzoq bahslashib javob berishimiz mumkin. Lekin biz faqat ba`zi narsalarga ishora qilib o`tmoqchimiz. Birinchidan eng birinchi aybimiz biz Xudoni o`zimiz bilan solishtiramiz. O`zimiz biror ish ko`rishimizdan maqsad biror ehtiyojimizni bartaraf etishdir. Masalan dars o`qiymiz va ilmga bo`lgan ehtiyojimizni qondiramiz. Ishlab pul topamiz va iqtisodiy muhtojlikni bartaraf qilamiz, gigiyena qoidalariga amal qilamiz va bu bilan salomatlikka bo`lgan ehtiyojimizni taminlaymiz. Ammo Xudovand esa benihoyat zot bo`lgani uchun uning yaratishdagi maqsadini uning vujudidan tashqarida izlash kerak. U biror narsani foydalanishi uchun yaratmaydi balki bandalariga yaxshilik qilish uchun yaratadi. Uni quyoshga o`xshqatishimiz mumkinki, nur olmasdan turib hammani nur bilan taminlaydi. Xudovand yaratgan bandalarini kamolotga yetkazish uchun yaratgandir. Bizning yo`qdan bor bo`lib yaratilishimizning o`zi kamolotga taraf qo`yilgan bir qadamdir. Payg`ambarlar, samoviy kitoblarning nozil bo`lishi, amaliy dasturlar bularning hammasi bizni kamolot sari boshlash uchun berilgan vositalardir. Bu dunyoni bir katta donishgoh desak, biz uning talabalarimiz. Qanday qilib dunyodagi bor mayda mavjudotlarning muayyan maqsadi bor bo`lgani holda bizning yaratilishimizdan maqsad bo`lmaydi? Bizning tanamizdagi hech bir a`zo yo`qki, biror muayyan maqsad uchun yaratilmagan bo`lsa, shunday ekan qanday qilib ana shu a`zolarning majmuasi bo`lgan o`zimiz bemaqsad yaratilgan bo`lishimiz mumkin? Endi o`z badanimizdan tashqariga keng olamga nazar tashlasak. Quyoshning yoritishi va isitishi, yomg`irning yog`ishi, havoning maxsus tarkibi va... lar ma`lum maqsad uchun bo`lsayu, qanday qilib ana shu nasalarning jami jahon bemaqsad yaratilgan bo`lishi mumkin? Aslida bu keng olamning yaratilishi maqsadi go`yo bir katta jadvalga yozib osib qo`yilgan, lekin uning kattaligidan bir qarashda ilg`ay olmaymiz. Unda bunday yozilgan: Tarbiyalanish va kamolga yetish! Endi yaratilishning maqsadi bilan tanishganimizdan keyin bunday savol tug`iladi. Bu o`tkinchi dunyodagi mushkilotlarga to`la bu dunyoda yashab bu maqsadga yetish mumkinmi? Faraz qilingki, bu dunyoda oltmish yil umr ko`raman. Ertadan kechgacha zahmat bilan ming xil dardisar bilan yeb-ichib, uy-joyga ega bo`lib keyin dunyodan o`taman. Xo`sh agar faqat shuning uchun yaratilgan bo`lsam aslida umrim yaratilishga arziydimi? Mabodo agar biror muhandiz katta bir hashamatli binoni biyobonning o`rtasida barpo qilsa, undan bu ishining sababini so`rashganida “bu bino umri davomida faqat bir yo`lovchi bir soat dam olishi uchunâ€deb javob bersa hamma taajub qilmaydimi? Shuncha mashaqqat bilan faqat shu uchun bu binoni qurdingmi- demaydimi? Shunga o`xshab, narigi dunyoga etiqod qilmaydiganlar uchun bu dunyodagi umr behuda bo`lib ko`rinadi. Hayotga mazmun va umid bahsh etuvchi narsa bu oxiratga iymondir. Bu dunyo oxirat uchun muqaddimadir, xolos. Bu o`rinda bundan oldin ham embrion misolini keltiramiz. U agar aqli-xushi bo`lganda “Nima uchun men bu tor dunyoda qon yutib qiynalib yashashim kerak? Mening bu yerda yashashimdan maqsad nima?â€. Shunda agar unga “Sen bu yerda faqat bir necha oygina yashaysan. Keyin nisbatan keng va yorug` dunyoga chiqasanâ€-desak, u yashayotgan muhitiga ko`nikib sabr qilib kelajakdagi hayot umidi bilan yashaydi. Qur`onda bu haqda bunday deyiladi: وَلَقَدْ عَلÙمْتÙم٠النَّشْأَةَ الْأÙولَى Ùَلَوْلَا تَذكَّرÙونَ 56.62 . Sizlar ilk bor paydo bo'lishlaringiz (qanday bo'lgani)ni bildingiz-ku! Bas, eslatma olmaysizlarmi?! Voqea surasi; 62-oyat
Xullas bu dunyo butun vujudi bilan narigi dunyo haqida xabar berayotgandek bo`ladi, aks holda dunyo behuda bo`lar edi:
|