4-3 - DarsUCHINCHI DARS QIYOMATDAGI SUDNING BIR NAMUNASI VUJUDIMIZDA MAVJUDDIR O`limdan keyingi tirilish va qiyomatdagi savol-javob masalasi odam uchun yangi masala hisoblanadi. Allohi Taolo bunday sudning bir namunasini vujudimizga ham solib qo`ygan bo`lib uning nomi –vijdondir. Lekin yodimizda bo`lishi kerakki bu bir kichik namuna xolos. Endi bu haqda bir oz mufassalroq bahslashsak yaxshi bo`lardi. Inson qiladigan amallari uchun bir necha xil mahkamalarga duch kelishi mumkin. Birinchisi o`zimiz bilgan oddiy sudlov organlaridir. Bu organlar sistemasidagi kamchiliklari bo`lganligi bilan inson hayotida muhim rol o`ynaydi. Lekin shunga qaramay, bunday organlardan adolatning komil suratda ijro etila olmasligi hech kim uchun sir emas. Zero agar qonunlar yaxshi bo`lmay, qozilar ham nosolih bo`ladigan bo`lsa , tanish-bilishchilik, noxolislik ba nohaqsizliklar ro`y beradi. Xullas bunday sudlarning bo`lganidan bo`lmagani yaxshi. Bordiyu qonunlar nisbatan yaxshi va qozilar ham solih bo`ladigan bo`lsa shunday mohir jinoyatkorlar borki, o`zlarining jinoyat izlarini ustalik bilan yo`qotadilar va tergov organlari ularni topishdan ojiz qoladilar. Ikkinchi mahkama aniqroq bo`lib “yaxshiliklar mukofoti†deb nomlanadi. Bizning amallarimiz asarini ertami kechmi ko`rishimiz mumkin. Garchi bu mahkama umumiy bo`lsa-da lekin ko`pchilik undan bahramand bo`lganlar. Zulm va sitamga asoslangan hukumatlarni ko`pini ko`rganmiz. Ular oxir oqibatda o`zlari yasagan chohga o`zlari tushib nest-nobud bolganlar. Ular haqida odamalr faqat nafrat bilan eslaydilar va la`natlaydilar. Qaytar dunyo deb shunga aytadilar. Bunday mahkamaning aybi umumiyligidadir va aniqlik darajasida hammaga bir xil emasligidadir. Uchinchi mahkama yuqorida aytilganlardan aniqroqdir. Bu mahkamaning nomi – vijdondir. Vijdonni qiyomatdagi sud mahkamasining kichiklashtirilgan moketidir deb olishimiz mumkin. Zero har bir insonning vujudida mavjid bo`lib faylasuflar uni “amaliy aql†desalar Qur`oni Karimda “nafsul lavvomaâ€deb nomlangandir. Qachon odam biror amalga qo`l ursa bu mahkamacha baqir-chaqir qilmasdan ammo jiddiy suratda o`z ishini boshlaydi. Yaxshi amal bajarilgan bo`lsa insonning ruhini ko`taradi, ammo biror yomon amal qilingan bo`lsa vijdon azobi bilan qiynaydi. Gohida bu qiynoqlar shunday kuchli bo`ladiki, odam yashashdan ko`ra o`lishni afzal ko`radi. Yaxshi amal qilgan odamni esa vijdon shunday ruhlantiradiki, inson qalbi orom topib xotirjamlikka erishadi. Vijdonning o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardir: 1. Bu mahkamada qozi ham hukm ijrochisi ham, guvoh ham bir yerda jamlangandir. Ya`ni qozi ham , shohid ham , hukm ijrochisi ham vijdonning o`zidir. 2. Boshqa sudlov organlariga o`xshab shov-shuv bilan ma`lum muddat ba`zan hatto yillar davom etmasdan balki yashin tezligida o`z ishini bajaradi.
|