2-6 - Dars



1- Fasohat va balog`at

Ma`lumki har kalomning ikki jihati bo`ladi, biri- so`zlar bo`lsa, ikkinchisi- uning ma`nolari.  Agar aytiadigan gapning so`zlari ma`nosi bilan uyg`un va tarovatli bo`lsa, shuning eshituvchini o`ziga rom etadigan bo`lsa bunday kalomga fasohat va balog`atli kalom deyiladi. Qur`on ana shunday sifatga rga bo`lgan kalomdir. U kishini o`ziga jalb qilish , tarovat , o`ziga xos ohangga egadir. Oldingi darsda ko`rib o`tganimizdek, Valid bin Mug`ayra –arablarning bir vakili Qur`on oyatlarini eshitishi bilan qattiq tasirlanib ketadi, ma`lum muddat qanday qilib Qur`onga qarshi kurashish mumkin degan fikrda bo`ladi, va oxiri Qur`onni “sehr” va hazrat Muhammad(S.A.O.V)niesa “sehrgar” deb atashni hamma Quraysh rahbarlariga aytadi. Shundan keyin juda ko`plab martalab ul zotni sehrgarlikda ayblashadi. Albatta mushriklar Payg`ambarimizni bu laqab bilan mazzamat qilmoqchi bo`lsalarda, lekin aslida ul zot qarshilarida ojiz ekanlilarini tan olib bu bilan hazratga katta xizmat qildilar. Mushriklar Qur`on qrshisidagi ojizliklarini tan olsalarda lekin uning mo`jiza ekanligini e`tirof etib iymon keltirgilari kelmadi. Uning o`rniga “sehr” deb turib oldilar.

Tarixdan ma`lumki badjahl va johil odamlar hazrat payg`ambarimizning huzurlariga yetib borib Qur`on oyatlarining tilovatini eshitishlari bilan qalblari yumshab islom nuri qalblariga yo`l topgan.  Buning o`zi Qur`onning fasohat va balog`atga, jalb qilish quvvatiga ega ekanligining yaqqol dalolatidir.  Uzoqqa bormaylik, bizning kunimizda ham arab tili adabiyoti bilan tanish bo`lganlar Qur`onning hayratga soluvchi adabiy kamoloti haqida aytadilar va qayta –qayta  Qur`oni Karimni o`qigilari keladi. Qur`on tarkibi aniq va ma`lum o`lchovga ega, bir vaqtning o`zida “qog`ozga o`rab” va boshqa tarafdan esa oshkor va aniqdir. Shuni ham ilova qilib aytamizki, johiliyat davrida arab adabiyoti juda rivojlangan edi, hattoki hozirgi kunda ham johiliyat davridagi arab she`rlari yetukligi bilan mashhurdir. Qadimda arabning mashhur shoirlari yilda bir marta yig`ilib o`zaro mushoira o`tkazar edilar. Eng yaxshi asarlar “Adabiy tijorat “bozoriga yo`l olar edi va “Yilning eng yaxshi she`ri” unvonini olar edi, keyin ana shu she`rni Ka`baga osib qo`yilar edi. Hazrat payg`ambarimiz davrlarida ettita shunday she`r mavjud edi, uni “Mualiqot sab`a” deb atashar edi.  Ammo Qur`onning nozil bo`lishi bilan bu she`rlar o`z jozibasini qo`ldan boy bergan edi. Shuning uchun bu she`rlar birin ketin Ka`badan olindi va axiran unutilib ketdi. Islomning buyuk ulamolari qo`llaridan kelgancha Qur`onning ajoyibotlari haqida ko`plab kitoblar bitganlar. Agar istasangizlar bu kitoblarga murojaat qilib Qur`oni Majid haqidagi o`z bilim saviyangizni oshirishingiz mumkin. Qur`oni Karim haqida hazrati Rasuli akram juda aniq ta`rif bilan shunday degan edilar:

Qur`onning tashqi ko`rinishi orasta va go`zaldir, ichki olami esa chuqurdir va fikru andishaga to`liqdir .

Payg`ambarimizning yaqin shogirdi bo`lmish hazrat Ali (a.s) esa o`zining “Nahjul balog`a” kitobida Qur`oni Karim haqida shunday deydi:

Qalblar bahori Qur`ondir, ilm buloqlari uning bag`ridan qaynab chiqadi, u-qalblar sayqali uchun eng yaxshi vositadir!

O`ylab javob bering:

1.Qur`ondagi muqatta harflari hikmati  haqida nima bilasiz?

2.Qur`onning mo`jizaligi faqat bir taraflamami yoki bir necha jihatdanmi?

3. Nima uchun dushmanlar payg`ambarimizni” Sehrgar” deb atadilar?

4. Fasohat va balog`at nimadir? Tushuntirib bering.

5. “Mualliqot sab`a” nima? U qaysi zamonga tegishlidir?



back 1 2