2-6 - Dars



OLTINCHI  DARS

QUR`ON MO`JIZASIGA YANA BIR NAZAR

Muqatta harflari haqida

Biz bilamizki Qur`oni Karimning ba`zi suralari muqatta harflari bilan boshlanadi, masalan,  “ALIF LAM MIM”, “YA SIN”, “ALIF MIM RO” va boshqalar. Suralarning bunday boshlanishining hikmati haqida turli nazariyalar mavjuddir. Shularning biri rivoyatlarga asosan, Qur`on shunday mo`jiza bo`lishiga qaramay oddiy harflardan tuzilgandir. Axir sodda alifbe harflaridan iborat kitob qanday qilib mo`jizaga aylangani ajablanarlidir. Chunki oddiy harflarni hatto kichkina go`dak ham ayta oladiku! Endi shunday savol tug`ilishi mumkinki, Qur`on qaysi jihatdan mo`jiza hisoblanadi. Faqat tilning mukammalligi fasohat va balog`at jihatidanmi yoki boshqa jihatlar ham bormi?

Aslida Qur`onning mo`jizaligini qaysi jihatdan qaramaylik ko`rishimiz mumkin.  Masalan:

1.Fasohat va balog`at (adabiy jihatdan kamoloti)  Qur`ondagi jumlalarning yetukligi va jozibadorligi.

2.  Har bir oyatning yuqori ma`nosi va xurofotlardan pok aqidaga asoslanganligi .

3.  Ilmiy mo`jizalari ya`ni usha paytda noma`lum bo`lgan ilmiy haqiqatlarni fosh qilganligi

4.  G`aybiy ilmdan xabardorligi   ya`ni kelajakni oldindan ko`rsatib berganlagi

5. Ozaro zid oyatlarning yo`qligi, boshqacha aytganda Qur`onning yaxlitligi.

Bu jihatlarda suhbatlashish uchun ko`p vaqt kerak bo`ladi, biz faqatgina qisqa ishoralar bilan kifoyatlanamiz.

 



1 2 next