2-3 - Dars



UCHINCHI DARS

PAYG`AMBARLAR NIMA UCHUN BEGUNOHDIRLAR?

Gunoh va xatolardan pok bo`lish

Shak shubhasiz har qanday payg`ambar odamlarning ishonchini qozongan bo`lishi kerak. Ya`ni odamlar uning rostgo`yligiga iqror bo`lishlari kerak. Aks holda uning rahbarligiga putur yetadi. Agar payg`ambarlar ma`sum (begunoh) bo`lmasalar bahona qidiruvchilar “u yanglishyapti”-desalar, haqtalablar esa “da`vatlarining mohiyatiga” qabul qilmagan bo`lar edilar. Payg`ambarlar begunohligiga dalolat qiluvchi muhim dalillardan biri ham “ishonchga sazovor bo`lishlik” dalilidir. Boshqacha aytganda qanday qilib Xudovand xato qilishi mumkin odamga so`zsiz itoat etishlikni buyuradi? Agar odamlar gunohkor va xatokor odamga itoat etadigan bo`lsalar ular ham xato  yoki gunoh qilishlariga to`g`ri kelishi mumkin. Shuning uchun buyuk mufassir olimlar Niso surasidagi 59-oyatni tafsirida bu oyatdagi itoat qilishlik mutlaq bo`lib oyatning ham payg`ambarlar va ham imomlarning begunohligiga dalolat qilishini aytadilar.

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ أَطِيعُواْ اللّهَ وَأَطِيعُواْ الرَّسُولَ وَأُوْلِي الأَمْرِ مِنكُمْ

. Ey, mo'minlar! Allohga Payg'ambarga va rahbarlargaga itoat etingiz! (Niso surasi;59)

Payg`ambarlar begunoh bo`lishlarining yana bir sababi ularning vujudlarida gunohga boshlovchi omilning yo`qligidir. Hatto bizlar ham ba`zi gunohlardan pokmiz, masalan  o`g`rilik, qotillik va h .k .z Qaysi aqli bor odam olovni yeydi? Yoki aqli bor odam hech zamon ko`chaga yap-yalang`och chiqishi mumkinmi? Albatta “yo`q” deymiz. Agar nima uchun bunday ishlarga qo`l urmasligimizni chuqurroq fikrlasak, bu amallarning hunukligiga iymonimiz komilligi uchundir. Qisqa qilib aytsak odamlarning ba`zilari ba`zi gunohlardan pokdirlar. Agar nazarimizni bir oz yuqoriroqqa qadasak, ma`lum bo`ladiki, ba`zi odamlar har qanday gunohning hunukligini his qilgan holda bu amallarni tark etadilar shuning uchun “ma`sum” ya`ni mutlaq begunohdirlar. Masalan mohir shifokor mikroblarning yuzlab xillarini yaxshi tanigani uchun hech qachon iflos suvni ichmaydi. Lekin savodi yoq odam bu suvni hech ikkilanmay ichishi mumkin. Shunday qilib odam qanchalik amallar natijasi haqida ko`proq ma`lumotga ega bo`lsa shunchalik xatoga kamroq yo`l qo`yadi va pokroq bo`ladi. Kimningdir iymoni , bilimi ko`p bo`lsa, Allohning adolati va savol-javobi haqida etiqodi komil bo`ladigan bo`lsa , har yerda va har vaqt o`zining oldida Xudo borligiga ishonchi komil bo`lsa bunday odam har qanday gunoh va xato qilishdan saqlanadi va begunoh, pok ma`sum bo`ladi. Bundaylar uchun harom molni yeyish olovni yeyayotgandek bo`ladi. Bizlar olovni og`zimizga obormaganimiz kabi ular ham haromni og`izlariga yaqinlashtirmaydilar. Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, payg`ambarlar ilm va iymonlarining yuqori darajasiga ega bo`lganliklari uchun oddiy gunohga ham qo`l urmaydilar. Shuning uchun payg`ambarlarning hammasi- ma`sum, ya`ni pok va begunohdirlar.

Begunoh bo`lishlik faxrlanishga arziydimi?

Ba`zilar ma`sum bo`lishlik haqida durust ma`lumotga ega bo`lmaganliklari uchun “Agar Xudoning o`zi ularni gunoh qilmaydigan qilib yaratgan bo`lsa, bunday poklik ya`ni begunohlik bilan faxrlanish kerak emas”-deydilar. Bunday deydiganlarga javob tariqasida shuni aytamizki, payg`ambarlarning gunohdan pok bo`lishlarida majbur qilishlik yo`q. Balki gunohlardan uzoqlashishlariga payg`ambarlardagi kuchli iymon, yuqori saviyadagi ogohlik va ilmu-ma`rifat sabab bo`ladi.  Masalan o`z sog`lig`iga zarar narsalardan saqlanadigan tabib uchun bunday parhezkorlik fazilat hisoblanmaydimi? Yoki jinoyatning yomon oqibatidan xabardir yurist jinoyatga qo`l urmasa bu “jinoyatni qilmaslikka majbur qilingan” deya olamizmi? Shunday qilib payg`ambarlarning begunohlilari o`zlarining ehtiyorlari bilandir va ular uchun fazilat hisoblanadi.

O`ylab javob bering:

Ma`sum bo`lishlikning nechta omili bor?

Agar payg`ambarlar ma`sum bo`lmasalar edi qanday oqibatlarga olib kelishi mumkin?



1 next