2-1 - Dars



2.  Ijtimoiy va axloqiy masalalarda rahbarga bo`lgan ehtiyojimiz. Hammamizga ma`lumki vujudimizda aql va tafakkurdan tashqari g`ariza va moyilliklarimiz bordir. Masalan, o`zni yaxshi ko`rishlik g`arizasi, g`azab g`arizasi, shahvoniy g`arizalar va boshqa shunga o`xshagan g`arizalar. Beshak agar biz bu g`arizalarimizni jilovlamasak, aqlu-fahmimiz bularning asiriga aylanadi. Tarixdan ma`lum bo`lgan sitamgar va zolimlar  o`z g`arizalarini jilovlamaganlari uchun vahshiy bo`rilar kabi va hatto ulardan ham xatarliroq edilar.  Axloqimiz tarbiyalanishi uchun murabbiyga muhtojdirmizki, ular bizlarga aytganlari, qilganlari bilan har taraflama namunadirlar.  Komil va tarbiyalangan inson har tarafdan zarurdir. U bizlarni fasodga to`lgan bu dunyoda qo`limizdan tutib to`g`ri yo`lga bizlarni hidoyatga boshlaydi, g`arizalarga qarshi kurashish yo`llarini bizga ko`rsatadi, axloqi bilan dilimizni poklaydi, mard va jasur bo`lishlikni o`rgatadi, kechirimli va muruvvatli bo`lishni amalda ko`rsatadi, pokdomonlik va ruhimizni parvarishlaydi. Ana shu aytilgan og`ir vazifalarni begunoh payg`ambarlardan o`zga kim o`tashi mumkin? Shuning uchun rahmli va mehribon Alloh bizni payg`ambarlaridan mahrum qilmagandir.

O`ylab javob bering:

1.  Ilm va ma`lumotlaringiz ko`paygani sari bilmagan narsalaringiz ko`payotganligini sezasizmi? Misol keltiring.

2.  Payg`ambarlarga itoat qilish bilan ko`r-ko`rona ergashishlik orasidagi farqni tushuntirib bera olasizmi?

3.  Tanimagan yo`ldan ketaversak qanday xatarlarga duch kelishimiz mumkin?

4.  Payg`ambarlarga bo`lgan talabimizni turli jihatlarini yoritib bering.

5.  Sizning fikringizcha bu darsda gapirilishi kerak bo`lgan yana qanday masalalar qolib ketdi?



back 1 next