1-7 - DarsYETTINCHI DARSIRODA VA EXTIYORGA OID ANIQ DALIL1. Jami insonlarning vijdoni jabrni inkor qiladi Donishmand va faylasuflar insonning extiyoriga oid ko`p dalillari bordir. Lekin biz eng yaqqol dalilni keltirishni lozim topdik. Bu dalil bashariyatning vijdonidir. Har qanday jamiyat, dindor bo`ladimi yoki yo`qmi, g`arbiy yoki sharqiy bo`ladimi, qadimdami yoki hozirgi zamondami hamma-hamma shu narsani biladiki, jamiyat uchun qonun zaruriy narsadir. Har bir odam ana shu qonun oldida javobgardir, qonunga xilof qilganlar albatta jazosini olishlari kerak. Xulosa qilib aytsak hamma odamlar Qonun, qonun oldidagi javobgarlik va qonun bo`yicha jazolanish masalasida o`zaro ittifoqqa egalar (qonunlar, javobgarlik jazolanish turlicha bo`lishiga qaramay lekin bu uch masala bo`lishi kerakligi to`g`risida ixtilof yo`qdir). Buning o`zi ya`ni insoniyat vijdoni odamning extiyor sohibi ekanligini e`tirof etishini bildiradi. Nega deganda agar inson ishida extiyorga ega bo`lmasa qanday qilib qonun oldida mas`ul deb ayta olamiz? Yoki beextiyor (majbur bo`lib qilgan ) ishi uchun qonun oldida jazolashimiz mumkin?! Qonunga xilof ish qilgani uchun zindonga yoki o`limga qanday qilib hukm qilishimiz mumkin? Bu holda qilgan ishimiz odamlarning hayotiga xavf solib tog`dan dumalab tushayotgan toshlarni muhokama qilgandek bo`lamiz. To`g`ri inson toshdan farq qiladi, lekin insondan har qanday iroda va extiyorni inkor qilsak toshdan bo`lgan ko`p farq qilmaydi. Jabriylar etiqodi boyicha shunday natijaga kelish mumkin: Tosh yerning tortish kuchi tufayli dumalab tushgan bo`lsa, qotil yoki boshqa jinoyatkor boshqa omillar tasirida qilgan jinoyatiga majbur bo`lgan. Yani sodir bo`lgan ishda tosh va odamning o`xshashligi bor. Biz ikki yo`l qarshisida birini tanlashimiz kerak: yoki hamma odamlar vijdonini inkor qilib hamma qonun va adliya mahkamalarini yo`q qilishimiz kerak (zero ular faqat zulm qiladilar xolos), yoki “Jabriya†nazariyasini inkor qilishimiz lozimdir. Albatta ikkinchi yo`lni tanlash ma`qulroqdir. 2. Jabr tushunchasining din mantiqiga zidligi Yuqorida keltirgan dalilimiz odamlarning diniy etiqodidan qat`iy nazar insonilarning vijdonidan kelib chiqqan edi. Lekin diniy tafakkurdan kelib chiqib jabriyaga qarshi qat`iy dalilimiz bordir. Zero diniy etiqodlar jabriya nazariyasi bilan o`zaro qarshidir. Shariat ahkomlarining hammasi jabriya nazariyasini puchga chiqaradi. Axir qanday qilib jabriyani Allohning adolati bilan tushuntira olamiz?! Qanday qilib Xudo bandalarini biror ishga majburlab so`ngra uni bu ishni qilgani uchun jazolashi mumkin?! Bu mantiqqa aslo to`g`ri kelmaydi. Binobarin jabriyani qabul qilsak, savob va gunoh, jannat va jahannam tushunchalari bemano bo`lib qoladi. Shuningdek nomai a`mol, oxiratdagi hisob-kitob, solihlarni mukofotlash, fosiqlarni jazolash hammasi ma`nosiz bo`lib qoladi(vaholanki Qur`onda bular zikr qilingandir). Chunki jabriyaga ko`ra na solihlar va na fosiqlar amallarni o`z extiyorlari bilan bajarishgan. Bundan tashqari biz din deganda avvalo “vazifa va mas`uliyatâ€ni tushunamiz. Agar odam hech extiyorga ega bo`lmasa unda vazifa va mas`uliyat qabul qila oladimi? Agar birontasining qo`llari qaltirasa “qo`llaringni qaltiratmaâ€-deya olamizmi? Yoki tepadan sirg`anib pastga dumalab kelayotgan odamga “qimirlama!â€- deb buyura olamizmi? Mana shuning uchun hazrat Ali (a.s) Jabriya maktabi haqida mashhur xutbasida “ular butparastlar birodarlari va Xudoning dushmanlari bo`lmish - hizbi shaytondirlarâ€-deb ta`riflagan edi. O`ylab javob bering: 1. Jabrni botil qiluvchi yaqqol dalil keltiring 2. Odamlarning vijdonan extiyorga etiqod qilishlarini sharhlab bering 3. Jabriya nazariyasi tarafdorlari haqiqatda ham jabriydirlarmi? 4. Jabr Allohning adolati bilan moa keladimi? Agar yo`q bo`lsa nega ekanligini tushuntiring 5. Nima uchun extiyor vazifa va mas`uliyat qabul qilishning asosi hisoblanadi?
|