1-4 - DarsTO`RTINCHI DARSINSON HAYOTIDAGI MUSIBATLARNING HIKMATIOldingi darsda ko`rib o`tganimizdek ba`zi guruh odamlari hayotda sodir bo`ladigan noxush hodisalarni bahona qilib Allohning adolatini va yoki Allohni ham inkor qiladilar. Shuningdek bunday hodisalarning orqasida yashiringan hikmatlarning ba`zisi haqida suhbatlashdik. Bu darsda shu bahsni davom ettiramiz: 1. Inson qiyinchiliklar og`ushida tarbiyalanadi. Aytib o`tganimizdek inson o`ziga qiyinchilik yaratishi kerak emas, lekin qiyinchiliklar gohida insonning irodasini mustahkamlaydi. Urush yomon bir voqeadir, lekin shu urush tufayli xalq o`z iste`dodini ishga solib, o`zaro tafriqalarga barham berishga ko`maklashadi, urush tufayli orqada qolgan taraqqiyotni jadallashtirishga undaydi. Bir g`arb donishmandining aytishicha biron mamlakat bilan qudratli boshqa davlat urushganida kuchsiz mamlakat o`zida yashirinib yotgan potensialidan foydalanishi tufayli ma`lum taraqqiyotga erishadi. Bu narsa tarixda isbotlangan haqiqatdir. Albatta odamlar mushkilotlarga duchor bo`lganda har xil aksul amal ko`rsatadilar. Ba`zilar tez noumid bo`lib zaiflashadilar. Ammo ba`zilar esa qiyinchiliklar tufayli harakatga tushadilar va o`zlaridagi zaif taraflari va nuqsonlarini isloh qilishga kirishadilar. Lekin odamlar qiyinchiliklarning faqat yomon tarafini ko`radilar (chunki bir taraflama hukm chiqaradilar). Agar dunyodagi mashhur odamlarning hayotiga qarasak, ularning aksariyati bolalik yillarini qiyinchilik bilan o`tkazganliklarining shohidi bo`lamiz. Kuchli siyosatmadorlar yomon siyosat tufayli ranj chekkanlari tufayli bu martabaga erishganlar. Yaxshi ofitserlar o`tmishda yaxshi askar bo`lganlar va qiyinchiliklarni boshlaridan kechirganlar. Qur`oni Majidda shunday deyiladi: Ùَعَسَى Ø£ÙŽÙ† تَكْرَهÙواْ شَيْئاً وَيَجْعَلَ اللّه٠ÙÙيه٠خَيْراً ÙƒÙŽØ«Ùيراً balkim sizlar yomon ko'rgan narsada Alloh (sizlar uchun) ko'pgina yaxshilik paydo qilar. (Niso surasi;19) 2. Qiyinchiliklar odamni Xudo tarafga yo`naltiradi. Oldingi darslarda aytganimizdek insonning har bir a`zosi ma`lim maqsad uchun yaratilgandir, ko`zi, yuragi, miyya, asablar, ... hammasi ma`lum maqsad uchun yaratilgan. Shunday ekan qanday qilib butun boshli vujudimiz maqsadsiz yaratilgan bo`lsin? Inson kamolga yetish uchun yaratilgandir. Shu maqsadga yetishi uchun inson ma`lum rejaga asosan ta`lim va tarbiyat bo`lishi kerak. Shuning uchun Xudovand odamga pok fitrat bilan birga Payg`ambarlarni ham yuboradi. Maqsadi sari yashayotgan odamzot goh-gohida o`zining amallarining natijasini ham ko`rib turishi kerak bo`ladi. Alloh farmonlaridan chetga chiqish naqadar yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ko`rishi uni Xudo tarafga undaydi. Bunday holatda boshga tushgan kulfat balo emas, balki Allohning ne`mati va rahmati hisoblanadi. Qur`onda aytilishicha: ظَهَرَ الْÙَسَاد٠ÙÙÙŠ الْبَرّ٠وَالْبَØْر٠بÙمَا كَسَبَتْ أَيْدÙÙŠ النَّاس٠لÙÙŠÙØ°ÙيقَهÙÙ… بَعْضَ الَّذÙÙŠ عَمÙÙ„Ùوا لَعَلَّهÙمْ يَرْجÙعÙونَ 30.41 . Odamlarning qilmishlari tufayli quruqlik va dengizda buzg'unchilik paydo bo'ldi. Allohga taraf qaytishlari uchun qilgan ba'zi (yomon) ishlari (jazosi)ni ularga ko`rsatildi. (Rum surasi;41)
|