0-8 - DarsSAKKIZINCHI DARSKICHKINA BIR PARANDADA BIR OLAM MO`JIZABu darsda buyuk bir davlat bolmish o`z organizmimizdan tashqariga chiqib boshqa bir mavjudotlarning olamlariga sayr qilmoqchimiz. Harchand hali o`zimizning ichimizdagi davlatning hatto yetti ko`chasiga ham kirib chiqmagan bo`lsak ham. G`ira-shira bo`lgan osmonga nazar solsak qorong`ida tezlik bilan har tarafga uchayotgan jajjigina chaqqon boshqa qushlardan farq qiladigan qushchaga ko`zimiz tushishi mumkin. O`z ozuqasini chaqqonlik bilan ov qiluvchi bu ajoyib kichkintoy hammamizga tanish – ko`rshapalakdir. Uning qorong`ida hech yerga urilmasdan aniq harakat bilan uchishi odamni taajubda qoldiradi. Agar bir kabutarning quyosh hurlari yog`ib turgan paytda , ya`ni kunduzi parvozini kuzatsak ko`rshapalakning kechasi qilgan parvozichalik aniq va tez ucha olmasligini ko`rishimiz mumkin. Ko`rshapalak qorong`i va har xil to`siqlarga to`la tunnelda ham juda tez uchishiga qaramasdan biron marta biror yerga urilib ketmaydi. Buning sababi uning ajoyib tuzilishidadir. Chunki bu parandaning vujudida “radarâ€ga o`xshash dastgohi bor bo`lib , biror to`siqqa yaqinlashganida ulardan chiqadigan bizlar sezishga qodir bo`lmagan ultra qisqa to`lqinlarni seza olish qobiliyati bilan bu to`siqdan uzoqlashishga yordam beradi. Ko`p hollarda hozirgi texnik jihozlar radardan foydalaniladi. Radarlar samolyotlarda ham qo`llaniladiki, uni maqsadi sari yo`naltiradi. Harbiy samolyotlarda ham radarlardan foydlaniladi. Ular dushman ob`yektini topishda qo`l keladi va h.k.z. Donishmandlarning aytishlaricha, ko`rshapalakning ichida radarga o`xshash dastgoh bo`lib u mikrofon kabi eshitilmaydigan past to`lqinlarni 30-60 barobar kuchaytirib beradi. Natijada ko`rshapalak devor va tosiqlardan kelayotgan to`lqinlarni o`ta kuchaytirilgan holda qabul qiladi. Lekin bir savol tug`iladiki, u ham bo`lsa: ko`rshapalakning qaysi bir a`zosi to`lqinlarni jo`natadiyu va qaysi birisi qabul qilib oladi? Bu savolga donishmandlar quyidagi javobni beradilar: Ko`rshapalakning halqumining kuchli mushaklaridan to`lqinlar hosil bo`lib, burnining teshiklaridan tashqariga yuboriladi. To`siqlarga urilib qaytgan to`lqinlarni esa katta-katta quloqlari qabul qilib oladi. Shunday qilib ko`rshapalakning ajoyib sayohatining asl sababchisi uning quloqlaridir. Rus olimi Jurin o`tkazgan tajribalarii asosida shunday natijaga keldi: agar ko`rshapalakning quloqlari kesib tashlansa, u hech yerga urilmay uchish qobiliyatini yo`qotar ekan. Lekin agar uning ko`zlari batamom olib tashlansa, xuddi avvalgidek mahorat bilan uchadi. Ajab, ko`rshapalak quloqlari bilan ko`rar ekan! Endi aytingchi ana shunday jussasi kichik bir parandaning vujudiga kim shunday aniq va qudratli dastgohni o`rnatib qo`ydi? Aqli va shuuri bo`lmagan oddiy tabiat bu ishni qilishi mumkinmi? Hazrat amiral-mo`minin Ali (a.s) “Nahjul balog`a†kitobida bunday deydi: “qorong`i zulmatda hech ikkilanmasdan shitob bilan uchayotgtan ko`rshapalakka qarang. Darhaqiqat, pok va qodir Allohga hamdu-sanolar bo`lsinki, U biron narsaga qaramasdan o`z qudrati bilan maxluqlarini yarattadiâ€. O`ylab javob bering: 1. ko`rshapalak haqida boshqa yana qanday ma`lumotlarga egasiz? 2. ko`rshapalakning qanotlari, nasl qoldirishi va hatto uxlash tarzi ham boshqa hayvonlardan farq qilishini bilasizmi? |