0-7 - Dars



YETTINCHI DARS

YARATILISHDAGI NAZMU-TARTIB NAMUNALARI

Jahonning qaysi burchagiga ko`z tashlamaylik unda tartib va maqsadni oshkoran ko`rishimiz mumkindir. Bu yerda siz aziz o`quvchilar uchun bir nechta kichik va katta misollardan keltirmoqchimiz. Xushbaxtona ilmu- donish rivojlanishi bilan tabiat sirlarini kashf etish mumkin bo`lyapti va har bir kashfiyot bu olamning qanchalik aniq ekanligini yaqqolroq ko`rsatadi. Qo`rqmasdan shu narsani aytish mumkinki koinot sirlari yoki zarralar olamiga ilmu-fan kirib kelishi bilan go`yoki yakkaxudolikning kitobini o`qishga kirgandek bo`ladi. Bu kitob parva rdigorning azamati va qudratini hikoya qilayotgandek go`yo.

1. Badanimiz  davlatining boshqaruv markazi; miya kulrang moddaga to`liq bo`lib unga  mag`z deyiladi.  Bu mag`z badanimizdagi eng muhim va aniq vazifani bajaradi.  Chunki bu yerdan butun badanga farmon beriladi. Bu boshqaruv markazining qanchalik ahamiyatga egaligini quyidagi xabardan bilib olish mumkin:

Ro`znomalarda yozilishicha Sheroz shahridan bir talaba (student) Xo`vziston degan yerda avto halokatga uchrashi natijasida mag`zi lat yedi. Lekin ko`rinishidan hech bir aybi yo`qdek edi. Hamma badan a`zolari sog` ya`ni lat yemagan edi. Ammo uning miyasi chayqalgan bo`lib, xotirasini qo`ldan bergan edi. Hamma gapga yaxshi tushunardi, lekin o`zining ota-onasini ko`rganida ularni aslo tanimadi. Onasini unga tanishtirishganda uni birinchi marta ko`rib turibman dedi. Sheroz shahriga o`zining uyiga olib borishdi va yigitga o`zining yasagan narsalarini ko`rsatishdi. Lekin yigitcha bularning hammasini birinchi marta ko`rayotganligini aytar edi. Shunda ma`lum bo`ldiki, avtohalokatda miyasining xotiralar qismi lat yegan ekan. Qizig`i shundaki miyasining lat yegan qismining hududi bir ignaning uchidek kichik bo`lishi mumkin. Lekin inson hayotida ana shunday miyaning  kichik qismi ham qanchalik buyuk tasirga egadir. Miya va asablar silsilasi ikki qismdan iboratdir:

1. Extiyoriy asablar sistemasi badanning har bir harakatini nazorat qiladi;

2. extiyoriy bo`lmagan asablar tizimi; yurak, me`da va boshqa a`zolarni boshqaradi. Bu tizimning kichik bir bo`lagi ham ishdan chiqadigan bo`lsa yurak yoki boshqa a`zoning mutlaq ishdan chiqishiga sabab bo`ladi. 

Miyaning g`ajoyib qismlaridan biri

Miyya aql, iroda , his,  va xotira markazidir.