0-5 - DarsBESHINCHI DARSMuhimBIR BO`LGAN VOQEAAytib o`tganimizdek Xudoni inkor qiluvchilar ham qalblarining tubida Xudoga iymonlari bordir. Shubhasiz ba`zi odamlar uchun qandaydir muvaffaqiyatlar ularni mag`rur qiladi, qalblaridagi bor haqiqat ham unutiladi. Hatto inson barcha fitriyotlarini unutib qo`yishgacha borishi mumkin. Ammo hodisalar tufoniga uchraganida, balolar va mushkilotlar shamoli har tarafdan esganida ko`z oldini to`sib qo`ygan g`uru pardalari chetga surilib, tavhid fitrati va Xudoni tanishligi oshkor bo`ladi. Tarixda bunga ko`p misollar bordir. Quyida ana shunday voqealarning birini hikoya qilmoqchimiz. Qadimda bir vazir o`tgan bo`lib u qudratli bo`lgan edi. Hech kim u bilan ixtilofga bormas edi. Kunlardan bir kun u diniy donishmandlar majlisiga kirib keldi va ularga qarab shunday dedi: Tokaygacha jahonda Xudo bor deb aytasizlar?! Men sizlarga uning yo`qligiga mingta dalil keltirishim mumkin. Bu gapni o`ziga xos viqor bilan aytdi. Davradagi donishmanlar bu odamga gap uqtirish befoyda ekanligini yaxshi bilganliklari uchun uning gapiga e`tibor bermay hech narsa demasdan sukut saqladilar. Ma`lum vaqt o`tgach hukumat o`zgarilib haligi vazir zindonga tushib qoldi. Usha kungi majlisda ishtirok etgan donishmandlarning biri “endi bu odamni g`aflatdan uyg`otish vaqti keldi, u g`urur egaridan pastga tushdi, ko`z oldidagi xudbinlik pardalari ochildi, endi nasihat qilsam samarali bo`ladiâ€Â-deb uning yaqiniga bordi. Tashqaridan mo`ralab qarasa, u xonasida yolg`iz, u yoqdan bu yoqqa yurib past ovozda bir nimalar deb pichirlayapti. Yaxshilab quloq solsa quyidagi she`rni o`qiyapti: Biz hammamiz shermiz vale ilm sheri Hamlamiz danbadam shamoldandir; Hamlamiz goh ko`rinar goh ko`rinmasdir Jon fido bo`lsin u ko`rinmas zot uchun! Ya`ni ma`nosi buku, biz xuddi bayroqlarda chizilgan sher rasmidekmiz, agar shamol essa go`yo hamla qilayotgandek ko`rinamiz, lekin haqiqatda esa o`zimiz hech narsa emasmiz, shamolning esishigina bizni harakatga keltiradi, bu qudratni ato etgan Xudo qachon istasa bizdan uni olajak! Donishmand ko`rdiki, bu odam Xudoni inkor qilish u yoqda tursin balki xudoparastga aylangan edi. Donishmand undan hol ahvol so`ragandan keyin-“ esingda bo`lsa usha kuni Xudoning yo`qligiga mingta dalil keltirmoqchi eding, men senga uning borligiga faqat bitta dalil keltirmoqchiman. Xudovand sendan osonlik bilan qudratingni tortib olgan zotdir! Bu gaplarni eshitgan vazir boshini egib o`z xatosiga iqror bo`lgan edi. Qur`oni Majidda Fir`avn haqida bunday deyiladi:
|