Tavba qilish Allohning adolatiga xilof emasmi?



Gunohlarni qilib undannadomat chekkan odamlar ucun tavba eshiklari hamisha ochiq ekanligi hammamizga ma’lum. Ammo ba’zida “gunoh qilib tavba bilan poklanish- Allohning adolatiga to’g’ri kelarmikan, axir hech gunoh qilmagan odam bilan gunoh qilib kechirilgan odamning nima farqi qoladi?” – degan savol tug’ilishi mumkin. Bu suhbatimizni ana shu mavzuga bag’ishlashga qaror qildik:

Avvalan shu narsaga diqqat qilmoq lozimki, tavba qilish – bu tili bilan “tavba qildim” deyish emas, balki haqiqatdan ham xato qilganligini bo’yniga olib qilgan ishidan pushaymon bo’lish va bu ishni qayta qilmaslikni ahd qilishdir. Ikkinchidan agar biror odam birovning haqini bermasdan keyin tavba qilsa, Alloh Taolo to haqi zoye bo’lgan odam kechirmagunicha Xudo ham kechirmasligin aytadi. Bu haq esa “haqqqu nas” deb ataladi. Masalan, agar bozorda bironta savdogar xaridorning haqini oshig’i bilan olib qo’ygan bo’lsa, to pulini qaytarib egasiga bermagunigacha  yoki undan roziligini ololmagunigacha Xudo ham uning tavbasini qabul qilmaydi. Ammo agar biron odam Alloh qarshisida boshqa tur gunoh, masalan ibodatini mukammal qilmay gunoh qiladigan bo’lsa, Alloh haqiga nisbatan gunoh qilgan bo’ladi. Shuning uchun uni kechirishda Alloh Taolo O’z haqidan kechib uni kechirishi mumkin va buni Allohning fazli deyiladi. Albatta Aloh kechirishi bu gunohni qilib bo’lib pushaymon bo’lganlar uchundir. Ammo hali gunoh qilmay turib, “men falon gunohni qili olay keyin tavba qilarman” deydigan bo’lsa, gunohini kichik sanagan bo’ladi va buning o’zi katta kechirilmas gunohdir. Yoki tavbani oxirgi damda,  Allohning qudratini ko’rayotgan paytda tavba qilishi befoydadir. Masalan, suvga g’arq bo’layotgan paytida iymon keltirib tavba qiligan Fir’avnning na iymoni van a tavbasi qabul bo’lmadi. Shunday qilib, avvalo gunoh qilmaslikka harakat qilaylik, agar ham gunoh qilsak haq egalarini rozi qilib darrov tavba qilishga shoshilish kerak. Tavbaning qabul bo’lishi na faqat adolatga xilof emas, balki Allohning keng marhamati, lutfu-inoyatining bandalariga ko’rsatgan oily jilvasidir.