Ne’matlar qarshisida insonlarning turlari



Berilgan ne’matlar qarshisida odamlar qiladigan amallariga ko’ra to’rt guruhga bo’linadilar:

1.  Berilgan ne’matlarni inkor qiluvchi odamlar bo’lib, bu ne’matlar moddiy bo’ladimi ma’naviymi bundan qat’iy nazar undan to’gri foydalanish fikrida bo’lmaydilar. Bundaylar ko’pincha dinni ham qabul qilmaydilar va yer yuzida fasod ko’payishiga o’z hissalarini qo’shadilar.

2.   Ikkinchi guruh odamlar esa garchi ne’matlarni qabul qilib unga shukur qilsalar-da, uni birovlarga tarqatishdan qizg’anadilar. Agar bu boylik bo’ls, uni infoq qilishdan va agar bu ne’mat ilm bo’ladigan ibo’lsa, uni boshqalarga o’rgatishdan o’zlarini tiyadilar va baxillik qiladilar.

3.  Bu guruh odamlar ne’matlarni qabul qladilar va uni boshqalarga ham tarqatadilar. Ammo bu ulashish haq yo’lda bo’lmaydi. Masalan, gunohkorlarga beriladigan infoq va zolim hokimlarga xizmat qiladigan olimlarning ilmi kabi.

4.  To’rtinchi guruh vakillari esa, ne’matlarni qabul qilib uni faqat haq yo’lda infoq qiluvchilardir. Bu toifa odamlarini Qur’oni karim “haqiqiy shukur qiluvchi bandalar” deb ataydi.  Quyidagi hadis ham ana shunday bandalar haqida aytilgandr:

Imom Sodiq (a.s) bunday degan edi:

َأَنْلا یَعْصِیَهُ بِنِعْمَتِهِ أَوْ یُخَالِفَهُ بِشَىْ‏ءٍ مِنْ أَمْرِهِ وَنَهْیِهِ بِسَبَبِ نِعْمَتِهِ‏

Shukur qilish – bu berilgan ne’matlar bilan gunoh qilmasliging va ne’matlardan olgan kuch-quvvating bilan gunoh ishlarga qarshi kurashishingdir.