O’zingni tanisang Xudoni ham taniysan!



Ba’zi bir hadislarda Allohni tanimoqchi bo’lsang, avval o’zingni tanib ol, deb aytilgan. Masalan,mana bu hadisni olib qaraylik:

من عرف نفسه فقد عرف ربه

Kim o’zini tanisa, robbini ham taniydi.

Shunday qilib, bu hadisga diqqat qilsak shunday savol tug’iladi: Nima uchun va qanday qilib o’zini tanigan odam Robbini tanishi mumkin?

Biz bu o’rinda javob berish uchun ko’plab boshqa hadis va tafsirlardan keltirishimiz mumkin, ammo biz sizlarni toliqtirmaslik uchun qisqa va lo’nda javobni bermoqchimiz:

Siz o’zingizga bir nazar tashlang, aqlegasisiz, go’zallikni sevasiz, yaxshilikni xush ko’rasiz va … xullas nima yaxshi fazilatlaringiz bo’lsa, bilingki bu go’zal xislatlar sizni yaratgan Egangizda mujassamdir.

Endi o’zingizdagi boshqa xislatlarga nazar soling. Siz ovqatga, kiyim-kechakka, yordamga va … xullas nimagadir muhtojsiz. Bilingki, Alloh hech narsaga muhtoj bo’lmagan Zotdir. Sizning yaratganingiz bor, Uning Yaratgani esa yo’q!. siz ota-onasiz dunyoga kela olmas edingiz, ammo U tug’magan va tug’ilmagandir. Xullas o’zingizdaqanday zaiflik va kamchilik ko’rsangiz Allohni bunday kamchiliklardan pok deb biling, shunda rostdan ham Rabbingizni taniy olasiz. Bu esa yuqoridagi hadisning soda tafsiridir.

O’zingizni yaxshi tanishingizga tilakdoshmiz!