Nima uchun Alloh Taolo shaytonga muhlat berdi?Shaytonva Odam alayhis salomlarning mojarolaridan boxabar bo’lgan odam uchun “Axir nima uchun Xudo shaytonning istaganiga xo’p deb, Qiyomatgacha unga odamlarni yo’ldan urishi uchun muhlat berdi?â€- degan savoltug’ilishi mumkin. Bu suhbatimizda biz ana shu savolga javob berish maqsadida siz aziz muxlislar bilan suhbatlashmoqchimiz. Alloh Taolo shaytonga bu dunyodaQiyomatgacha yurishiga izn berganligi – bu faqat manfiy baholanadigan holat emasdir. Nimaga deganda bizning,ya’ni odamzotning chiniqishi uchun ba’zi mone’liklar bo’lishligi zarurdir. Undan tashqari Xudovand bizni o’z holimizga tashlab qo’ymasdan, bizlarni shaytonning vasvasalari va dushmanliklaridan ogoh qilgan. Ikkinchidan, inson aqlnomli kuchli quvvat bilan qurollangandirki, unga yo’ldan urilmaslikda yordam beradi. Uchinchidan, shaytonning borligi uning yo’li bo’lishini taqozo etadiki, sirotul mustaqimga zid yo’ldir. Shuning uchun to’gri yo’lni aniqlashning bir mezoni – bu shayton yurgan yo’ldan yurmaslikdir. Ya’ni shayton qilgan har qanday amaldan uzoqlashish lozimdir. Masalan, shayton kibr qilganidan haydalgan edi, yoki Allohga itoatsizlik qilib ibodatni tark qildi va h. k .z To’rtinchidan, inson qalbida fitratan yaxshilik va ezgulikni taniydigan qilib yaratilgandir. Shuning uchun shaytonga qarshi kurashuvchi his bilan insonni ta’minlab qo’ygandir. Beshinchidan, shaytonga muhlat berilgan bo’lsa, boshqa tarafdan esa odamlar maloikalar bilan ham ta’minlangandir. Ular insonga yordamchi kuch sifatida yuboriladi. Shunday qilib, shaytonga Qiyomatgacha muhlat berilganligini faqatgina manfiy tarafdan emas, balki albatta hikmat asosida va odamlarning kamolotga yetishlari yo’lidagi bir imtihon vositasidir, deb qarash kerakdir. |