0-2 - Dars



IKKINCHI DARS

XUDONI TANISHLIKNING HAYOTDAGI TA`SIRI

1. Xudoni tanish va ilmdagi muvaffaqiyatlar;

Faraz qiling do`stingiz biron safardan sizga kitobni hadya qilib olib keldi. Kitobni berayotib uning muallifi juda aqlli donishmand ekanligini aytsa, albatta siz bu kitobni shunchalik ko`z yugurtirib o`qib chiqmay diqqat bilan o`qiysiz.  Agar bironta tushunmaydigan yeriga kelsangiz soatlab vaqtingizni uni tushunishga sarflaysiz, nega deganda yozuvchisi donishmanddir va o`zicha hamma narsani kitobiga yozmaydi. Lekin agar teskarisi bo`lsa, ya`ni biron kitobni qo`lingizga berishsayu, mullifini kam savod bir odam deyishsa, (garchi kitobning muqovasi chiroyli bo`lsa ham) kitobga shunchaki nazar solib chetga qo`yib qo`yasiz (essiz shu kitob o`qishga ketgan vaqtim deya). Bu dunyo ham misli bir katta kitob bo`lib undagi mavjudotlar kalima va yoki jumlalar kabi uni tashkil qiladi .  xudoparast bo`lganlar bu yaratilgan maxluqotlar bejiz yaratilmaganligini biladi va ularni sinchkovlik bilan o`rganishga kirishadi(buning o`zi ham ilmning taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shadi). Zero u bu buyuk olamning yaratuvchisi olim va dono zot ekanligini biladi. Ammo bir moddiygar bo`lgan odam esa yaratilish hikmati haqida bosh ham qotirmaydi, zero dunyoni tabiat yaratgan hisoblaydi. Agar ba`zida bunday moddiygarlarning ilmiy ixtirolarini ko`rsak shu narsa ravshan bo`ladiki, ular Xudoning otini tabiat deb qo`ygandirlar. Chunki tabiatni “hisobli”, tartibli”, “rejali’ deb biladilar.

2. Xudoshunoslik va umid;

Inson biron mushkilotga duchor bo`lsa, qiyinchiliklar uni o`rab olgandek bo`lganda, o`zini notavon va zaif sezganida Xudoga bo`lgan iymoni unga umid va ishonch bag`ishlab turadi.  Allohga iymoni bor odam o`zini hech qachon yolg`iz sezmaydi, noumid ham bo`laydi. Chunki uning yonida qudrat sohibi borligini va Uning uchun har qanday qiyinchilik oson ekanligini yaxshi biladi. Allohga umidi bo`lgan bandalar har qanday qiyinchiliklarni Uning himoyasi qoshida yengib o`tadilar.  Darhaqiqat Allohga iymon buyuk suyanchiq hisoblanadi, iroda va harakat manbaidir. Shuning uchun iymonli bandalar hech qachon o`zini o`ldirishgacha yetib bormaydilar. Chunki o`zni o`ldirishning sababi noumidlik va mayuslikdan kelib chiqadi.

3. Xudoshunoslik va mas`uliyatni his qilish;

Ba`zi shifokorlarni taniymizki ular oldilariga faqir kasal kelganida nafaqat bepul muolaja qiladilar, balki dorilarining pulini ham o`zlari beradilar. Yoki agar bemorlari havfli holatda bo`ladigan bo`lsa kechasi bilan uylariga ketmay usha hastaning oldida bedor qoladilar. Bunday odamlar iymonli va xudoparastdirlar. Lekin shunday shifokorlarni ham ko`rganmizki, ular pul olmasalar bemorga hatto qaramaydilar ham. Chunki bundaylarning iymonlari zaifdir.  Iymonli inson qaysi sohada faoliyat yuritmasin mas`uliyatni  his qiladi, vazifasini to`g`ri bajaradi, qalbida ma`naviy nozir borligini his qiladi. Iymonsiz odamlar xudbin va xatarlidirlar. Zero ular hech qanday mas`uliyatni his qilmaydilar, boshqalarga zulm sitam qiladilar va o`zganing haqidan qo`rqmaydilar.

4. Xudoshunoslik va hotirjamlik;

Donishmandlarning aytishicha bizning davrimizda ruhiy hastaliklarga chalinganlar boshqa davrlarga nisbatan ancha ko`pdir. Shuni qo`shimcha qilib aytadilarki bu kasalliklarning asl sababchisi – kelajakdan havotirlanish, o`limdan qo`rqish, jangdan qo`rqish va kambag`allikdan qo`rqish kabilardir. Donishmandlar aytishiga qaraganda ana shu havotirlanishlarning oldini oluvchi muhim omil – bu Xudoga bo`lgan iymondir.  Mehribon Alloh, rizq beruvchi Alloh, bandalarining holidan boxabar Alloh bandalari U taraf yuzlanganida hotirjamlik ato etishini iymonlilar yaxshi biladilar.  Shuning uchun mo`minlar hamisha hotirjamdirlar, havotirlik ularning ruhlaridan uzoqdadir. Ular hamma ishlari Xudo uchun, shuning uchun agar zarar qilsalar ham o`rnini Allohning o`zi to`ldiradi, deydilar.  Qur`oni Karimda aytilishicha:

6.82 .Imon keltirgan va imonlarini zulm (shirk) bilan qorishtirmaganlar - aynan o'shalarga xavfsizlik (bordir) va ular to'g'ri yo'l topganlardir. (An`om 82)

O`ylab javob bering:



1 next