JA’FAR IBN ABU TOLIBwww.hidoyat.comDeprecated: Function eregi_replace() is deprecated in /home/ozbalshia/public_html/page.php on line 99 Deprecated: Function split() is deprecated in /home/ozbalshia/public_html/page.php on line 103 JA’FAR IBN ABU TOLIB Hazrati Ja’far ibn Abu Tolib nafaqat tashqi ko’rinishi bilan balki xulqu-atvori ham ul zotga intilgan edi. U Habashistonga hijrat qilgan musulmonlar guruhining boshlig’I edi. Ja’farning Habashiston shohi Najoshiyga tushuntirgan ishi tufayli bu shoh nafaqat musulmonlarni Makka mushriklariga qaytarib bermadi, balki o’zi ham payg’ambarimizga iymon keltirgan edi. Islom dushmanlari bilan bo’lgan janglardan birida islom lashkarining qo’mondoni bo’lmish Ja’far ibn Abu Tolib ikki qo’lidan ayrilib ko’p qon yo’qotish natijasida shahid bo’ladi. Yuqorida keltirilgan hadis paygambarimiz taraflaridan hali Ja’farning shahid bo’lganligini hech kim bilmagan paytida aytilgan edi. Bu hadis paygambarimizning oldindan bashorat bergan hadislari bo’lib, ul zotning mo’jizalaridan biri edi. Shundan keyin Ja’farga “Ja’fari-Tayyor” degan laqab berilgan edi. Ya’ni “uchuvchi” degan ma’noni bildiradi. Alloh subhonahu va Taolo Ja’far ibn Abu Tolibni rahmatiga olsin. Batahqiq, u insonlar uchun o’rnakka arzigudek zot edi. |