HIJOB ESKILIK SARQITI (?!)



Payg’ambarimiz (saov) o’zlarining oxirgi hajlarini amalga oshirib qaytib kelayotganlarida mashhur xutbalarini o’qidilar. Yig’ilganlar rasululloh (saov)ning huzurlaridan foydalanib o’zlarining turli savollari bilan ul hazratga murojaat qilishar va savollariga javob olishar edi. Shunda hozir bo’lganlar orasidan bir ayol chiqib hazratning oldiga bordi. U o’zining savollarini paygambarimizdan so’rar edi. Ul hazratning Fazl bin Abbos nomli sahobalari rasulullohning orqalarida o’tirgan edi. Haligi savol beruvchi ayol kelgandan beri ko’zini undan olmas edi, o’z navbatida u ayol ham ko’z qirini Fazl bin Abbosga tashlab turar edi. Buni sezgan rasululloh (saov) qo’llarini Fazlning boshiga qo’yib, ohista va mehribonlik bilan yuzini teskari o’girib qo’ydilar va shunday dedilar: Qo’rqamanki bir yosh yigit va yosh ayol orasida shayton makon qilib oladi.

Bugungi kunga kelib nomahram erkak va ayollar  orasidagi munosabatlar va ayniqsa hijob masalasi keng muhokama qilinmoqdadir.