IKKI YOSHLI CHOLYozilgan sarlavhani ko’rib hayron bo’lgandirsiz. Ammo taajublanishning aslo hojati yo’q. Nega deganda Qur’oni Karimda ikki yashar va yo to’rt - besh yasharlik chollar haqida aytilgandir. Chunki insonning yoshi uning aqliga ko’ra o’lchanadi. Ba’zilar umrining oxirigacha gumrohlikda o’tadilar, va yoshining kataligiga qaramay, haligacha yo’llarini topib olmagan bo’ladilar. Qanday qilib deysizmi, mana o’zingiz o’qib ko’ring. قل هل ننبئكم بالاخسرین أعمالا. الذین ضل سعیهم ÙÛŒ الØیاة الدنیا وهم ÛŒØسبون أنهم ÛŒØسنون صنعا * Sizlarga qilmishlaridan eng ko'p ziyon ko'ruvchilarning xabarini beraylikmi?! * Ular qilgan sa'y (harakat)lari dunyo hayotidayoq yo'q bo'lib ketgan-u, ammo o'zlarini ishni chiroyli qilayotgan hisoblaydilar (Kahf surasi, 103-oyat); Ha, ba’zilar yetmish-sakson yil umr ko’radilar, hatto yaxshi yashadim deb faxrlanadilar ham, lekin ularning bu umrlarida aqllari emas, balki faqat vaznlari ortib , bo’ylari cho’zilgan xolos. Qiyomatda Parvardigor bunday odamlar bilan muomala qilganda ikki yashar go’daklar bilan qilgan muomala qilgandek raftor qiladi. Ikkinchi tarafdan qarasak, ba’zilar yosh bola bo’lsalar ham aqllari ko’p bo’lgani uchun yoshlari kattadek hisob-kitobga tutiladilar. Karbaloda shahid bo’lgan imom Hasan (a.s) ning farzandi Qosim ibn Hasan o’n uch yoshida shahid bo’lgan edi.lekin uning aqlining rivojlanishi katta odamlarnikidek edi, shunga yarasha aqliga mutanosib ravishda Qiyomatda hozir bo’ladi. Bu narsa Qiyomatda oshkor bo’ladi. Chunki aqli ko’p insonlar oxiratda aqllariga yarasha savol-javobda bo’ladilar. Mana bu oyatga diqqat qiling: يَا ÙŠÙŽØْيَى Ø®Ùذ٠الْكÙتَابَ بÙÙ‚Ùوَّة٠وَآتَيْنَاه٠الْØÙكْمَ صَبÙيّاً* ÙˆÙŽØَنَاناً مّÙÙ† لَّدÙنَّا وَزَكَاةً وَكَانَ تَقÙيّاً * وَبَرّاً بÙوَالÙدَيْه٠وَلَمْ ÙŠÙŽÙƒÙÙ† جَبَّاراً عَصÙيّاً * وَسَلَامٌ عَلَيْه٠يَوْمَ ÙˆÙÙ„Ùدَ وَيَوْمَ ÙŠÙŽÙ…Ùوت٠وَيَوْمَ ÙŠÙبْعَث٠Øَيّاً Biz unga): "Ey, Yahyo! Kitobni (ya'ni, Tavrotni) mahkam tutgin!" - (dedik) va unga go'daklik chog'idayoq hikmat (va ilm) ato etdik. 19.13 . Yana unga O'z dargohimizdan mehr hamda poklik (ato etdik) va u taqvoli bo'ldi. 19.14 . U ota-onasiga mehribon bo'lib, jabr qiluvchi, quloqsiz bo'lmadi. 19.15 . Unga tug'ilgan kunida ham, vafot etadigan kunida ham, qayta tiriladigan (qiyomat) kunida ham salom (omonlik) bo'lur. (Maryam surasi, 12-15 oyatlar);
|