Xudovand va chumchuq



Necha kun o’tib ketdi, ammo chumchuq Xudoga biroz ham so’z aytmadi. Farishtalar chumchuqning og’iz ochishini poylab o’tirar edilar, ammo hammasi befoyda edi. Xudovand “uning tanho g’amxo’ri mendirman, axir mendan mehribonroq zot yo’qku” deya sabr qilar edi. Nihoyat chumchuqdunyo daraxtining bir shoxiga o’tirdi. Alloh chumchuqqa qarab “Menga ichingdagi dardingni aytgin” deya xitob qildi. Shunda u “Mening daraxtdagi inimni Sening amring bilan esgan shamollar vayron qildi. Kelib kelib mendek ojiz maxluqingning boshpanasini vayron qilasanmi?”-dedi ko’zlari yoshga to’lgan chumchuq. Shunda Alloh unga bunday dedi: - Axir sening ining ostida och ilon kelayotgan edi va agar shamol kelib iningni vayron qilmasa edi, sen g’aflatda qolibilonga yem bo’lar eding.

Buni eshitgan chumchuq hayratdan og’zini ochib qoldi va mehribon Allohga xijolat bilan qarab qoldi.

Qur’onda aytilishicha;

وَعَسَى أَن تَكْرَهُواْ شَیْئًا وَهُوَ خَیْرٌ لَّكُمْ وَعَسَى أَن تُحِبُّواْ شَیْئًا وَهُوَ شَرٌّ لَّكُمْ وَاللّهُ یَعْلَمُ وَأَنتُمْ لاَ تَعْلَمُونَ

Ehtimol, sizlar yoqtirmagan narsa (aslida) o'zlaringiz uchun yaxshi, yoqtirgan narsalaringiz esa (aslida) yomondir. Alloh bilur, sizlar esa bilmassizlar. (Baqara surasi; 215-oyat);

Aziz o’quvchi, siz va biz dostondagi chumchuqqa o’xshaymiz. Qachonki, boshingizga biror musibat tushsa va tushkunlikka ro’baro’ bo’lsangiz yuqoridagi oyati karimani o’pib qo’ying va kerakli xulosa chiqaring!