Savobingizni berib qo’ymangHasan ibn Vashsho hikoya qiladi: Kunlardan bir kuni hazrat imom Rizo (a.s) ning namoz o’qish uchun tahorat olmoqchi bo’lib turganlarini ko’rdim. Ul zot obdastani qo’llariga olib endi qo’llariga quymoqchi bo’luvdilar, men darrov yonlariga bordimda “Yo ibn rasululloh, ruxsat bering sizga ko’maklashib yuborayâ€-dedim. Men bu gapimdan imom xursand bo’lib ketadilar, deb o’ylagandim. Ammo ul hazrat menga qarab: “Yo’q, Hasan, keragi yo’qâ€-dedilar. Men: Savob bo’lmaydimi?- deb so’raganimda, - Yordam berganingga savobni olasanku-ya, lekin men esa gunohkor bo’lib qolaman-da!-deb javob qaytardilar. Men hazratning gaplarini yaxshi tushunmagan edim, buni sezgan imom Rizo (a.s) menga bunday deb tushuntirdilar. “ Ey Hasan, Qur’oni karimning mana bu oyatini eshitganmisan? Ùَمَنْ كانَ یَرْجÙÙˆ Ù„Ùقاءَ رَبÙّه٠Ùَلْیَعْمَلْ عَمَلاً صالÙØاً ÙˆÙŽ لایÙشْركْ بÙعÙبادَة٠رَبÙّه٠اَØَداً. Bas, kimki Parvardigori bilan muloqotda bo'lishdan umidvor bo'lsa, u holda ezgu amal qilsin va Parvardigoriga ibodat qilishda hech kimni (Unga) sherik qilmasin! (Kahf surasi, 110-oyat) Tahorat qilish ham ibodat turlaridan biridir, shuning uchun men ibodat qilishda sherik olgim kelmay, sening yordamingni rad etdim.†كاÙÙ‰ ØŒ ج 3ØŒ ص 69 Ha, aziz muxlislar, yordamsiz tahorat olishga qudrati yetadigan har bir banda o’zi tahorat olmoqligi lozimdir. Albatta, betobligi va yoki o’ta qariligi tufayli birovlar yordamiga muhtoj nochorlar bundan mustasnodirlar. Yoki tahorat suvini tayyorlab berish kabi yordamning ham zarari yo’qdir, vallohi a’lam. |