Niyat qilib savobini olaveringlar!Islom dinida amallarning qadru-qiymati niyatga bog’liqdir. Ham sunniy va ham shiya hadislarida quyidagi hadis naql qilingandir: «انماالاعمال بالنيات Ùˆ لكل امرىâ€Ø¡ ما نوىâ€Â» Ya’ni “Amallar niyatga bog’langandir†Albatta aytilgan hadisning ma’nosi har bir ishni qilishdan oldin†Men uni Allohning roziligi uchun va yoki oxiratdagi ajriga ega bo’lishim uchun bajaraman, deb tilida aytishi kerak degani emas. Faqatgina dilingizda shu niyat kechgan bo’lsa ham niyat qilgan hisoblanasiz. Aytganlarimizni sizga yaxshiroq tushuntirish uchun misollar keltiramiz.masalan, aytaylik bir odam millionlab pul sarflab xayrli ishni amalga oshirmoqchi (kasalxona yoki asfalt qurmoqchi). Ammo bu ishni amalga oshirishdan maqsad- odamlar og’ziga “Falonchi juda saxovatli odam-da!’ degan maqtov bilan tushishdir. Endi boshqa bir yerda oddiy odam yo’ldan ketayotib “odamlarga ozori yetmasin, Alloh roziligi uchun†deb yotgan shox-shabbani bir chetga olib qo’ydi deylik. Ana endi millionlab pul sarf qilgan haligi badadavlat odam bilan shoxlarni chetga olib qo’ygan odamni solishtiradigan bo’lsak,birinchi odam oxiratda qilgan katta xayrli ishiga hech (!) qanday savob olmaydi va ikkinchi odam esa sanoqsiz ajrlarga ega bo’ladi. Nimaga deysizmi, chunki har ikkalasi o’z niyatlariga yetdila-da. Odamlarning maqtashini istagan odam odamlar maqtov va olqishiga erishdi, Alloh roziligini istagani esa Alloh roziligini qo’lga kiritdi.
Hatto biror yaxshi ishni qilaman deb niyat qilsak, ammo uni amalga oshirolmay qolsak ham qilgan niyatga yarasha ajru-savobni olaverar ekanmiz. Ana shuning uchun har qanday ibodatning asl sharti qilinadigan niyatdir. Niyatimizni mehribonlar mehriboni Alloh Taoloningh rizologiga qarataylik, aziz muxlislar!
|