Gunohlardan uzoq bo’ling!Har bir inson o’zining hayotida muvaffaq bo’lishga intilishi tabiiy bir holdir. Ammo ba’zida yuksak muvaffaqiyatlarga erishgan ba’zi odamlar nima uchundir taraqqiyot yo’lidan to’xtab qolishadi va olgan ilmlariyu bilimlari ham esdan chiqa boshlaydi. Xo’sh, ana shunday tushkunlikning kelib chiqish sabablari nima bo’lishi mumkin? Hazrat imom Ali (a.s) dan naql qilingan hadisga murojaat qilsak, buning sababini tushungandek bo’lamiz. Kunlardan bir kuni bir odam hazrat Ali (a.s) ning huzurlariga kelib xotirasining pasayib ketganligidan shikoyat qildi. Shunda ul zot unga qarab bunday dedilar: Ilmu-donish bu Alloh ato etgan inoyatlaridan hisoblanadi, shuning uchun uni asrab qolish uchun gunohlardan uzoq yurmoqlik kerak, aks holda berilgan ilmlar asta-sekin o’chib ketadi. Yana boshqa hadislarda aytilishicha, ko’p yolg’on gapirish xotira kuchini pasaytirib yuborar emish. Aytilganlardan kelib chiqib aytmoqchimizki, har qanday gunohning ikki taraflama zarari bo’ladi. Biri- savoblarni yuvib yuborishi va uqubat keltirishligi bo’lsa, ikkinchisi esa- inson organizmiga salbiy tasir ko’rsatishidir. Masalan, ko’z xiralashishi, xotira pasayishi, qalb qattiqligi, jinsiy kasalliklar, oyoq og’rig’I, bosh og’irlashishi va … Shuning uchun qaysi gunoh bo’lmasin undan uzoqroq bo’lishga harakat qilmog’imiz lozimdir.bu o’rinda bizlarga Yaratganning o’zi madadkor bo’lsin! |