Farishtalar bilan qo’l ushlashib yurgan odamlar!Kunlarning birida sahobalar hazrati rasuli akram (saov) ga qarb bunday deyishibdi: Yo rasululloh, bizlar munofiqlik qilib qo’yishdan qo’rqamiz-deyishdi. Rasululloh (saov): Nima uchun bunday deyapsizlar?-deb so’ragan edilar, ular: - Huzuringizga kelganimizda iymonimiz oshib jannat va do’zahnio’z ko’zimiz bilan ko’rgandek bo’lamiz, dunyoni unutib oxirat dardiga tushib qolamiz. Ammo huzuringizdan uzoqlashib, uylarimizga yetib borgach esa, bola-chaqa va ahli ayollarimizni ko’rishimiz bilan eshitgan barcha o’gitlaringizni unutib dunyoga berilib ketamiz. Shuning uchun bunday ikkiyuzlamachilikdan qo’rqib munofiqlik qilmayapmizmikin, deb qo’rqamiz-deyishdi. Shunda payg’ambarimiz (saov) mana bunday deb marhamat qildilar: “Siz aytayotgan bu holatingiz ikkiyuzlamachilik va munofiqlik emasdir, balki shaytonning nayranglaridandir. Agar sizlar mening huzurimdagi holatingizni yo’qliogimda ham saqlab qolsangiz edi, u holda farishtalar bilan qo’l ushlashib yurgan bo’lar edingizlar, va hatto suvlarning ustida ham bemalol yura oladigan bo’lar edingizlar!†|