Dushmaningizni yaxshi tanib oling!



Odamzotning asl dushmani – shaytoni lain bo’lib, u odamlarni yo’ldan ozdirishga qasam ichin ahd qilgandir. Shuning uchun o’z maqsadiga yetish yo’lida hech yo’ldan qaytmaydi. Odamlarning ba’zilarini molu-dunyo va boylik bilan, ba’zilarini tashqi ko’rinish va qudrat bilan va ba’zilarni esa hatto “dindorlik” tamg’asi orqali yo’ldan uradi. Ha, taajub qilmang, ba’zi odamlarni “dindornamolik” yo’li bilan yo’ldan uradi. Hozirda ko’payib ketgan yosh va “bilag’on” yosh namozxonlaro’zlarining o’qiydigan namozlarini pesh qilib boshqalarni esa (hatto o’z ota-onalarini) mensimay qo’ygan ayrim “dindorlar” shular jumlasidandir. Shayton har kimning dunyoqarashiga moslashgan holda yo’ldan uradi, aks holda ko’pchilik uning domiga ilinmagan bo’lar edilar. Ammo hamma gap shundaki, biz nima qilsak uning domidan omonda qolamiz? Savolning javobi esa- bu shaytonni yaxshi tanib olishdir. Uning makr – hiylalari, uslubl;arini yaxshi bilib olishimiz kerak. Boshqa so’z bilan aytganda, toki dushmanni yaxshi tanimas ekanm,iz, unga qarshi kurasha olmaymiz. Uni siz aziz muxlislarimizga tanitish uchun esa biz qo’ldan kelgan harakatimizni ayamaymiz. “Shaytonni yarson qiluvchi o’n bir amal” ana shu maqsadda yozilgan maqolalardan hisoblanadi. Kelajakda esa yana shu mavzuda maqola yozishga siz azizlarga va’da berib qolamiz.