Allohning rahmat va barakot oyini kutib olishga tayyormisiz?



Ramazon oyi mag’firat oyidir, shunday ekan uni kutib olar ekanmiz, o’zimizni hisob-kitob qilib qo’ymog’imiz ham uni kutib olish amallaridan hisoblanadi.

Siz o’tgan Ramazon oylari oldidan o’zingizni hisob-kitob qilganmidingiz? Agar shu paytgacha bu ishni qilmagan bo’lsangiz bundan keyin bu ishni kechiuktirmay amalga oshiring.

Bilib qo’yingki, agar birovning haqqi gardaningizda turgan bo’lsa uni o’tamaguningizcha Alloh Taolo undan kechmaydi. Shuning uchun shunday holatlar bo’lsa, haqni ado etib qo’ying va yoki haq egasini rozi qilib oling.

 Hayotingizda gunohlarga botib yashagan bo’lsangiz poklanish uchun muhim fursatni ato etuvchi muborak oy ostonadadir, uni shunday kutib olib o’tkazingki, qalbingiz sutdek oppoq, o’zingiz yangi tug’ilgan chaqaloqdek pok bo’ling.

Ro’za tutishlik faqat yeyib ichishlikdan tiyilmoq emas, balki tilimiz pokigini (yolg’on, g’iybat va so’kishlardan) saqlash hamdir. Paygambarimiz (saov) dan naql qilingan hadisga asosan, agar sizni birov haqoratlasayu, siz esa boshingizni quyi solib Men ro’zadorman, deb javobini haqorat bilan qaytarmasangiz, Alloh Taolo “Haqiqiy ro’zadorimni men jahannam otashidan saqlayman” der ekan. Alloh hammamizni jahannam otashidan asraydigan bandalaridan qilsin!

Kelayotgan Ramazon oyi hammamiz uchun go’zal axloq, yuksak ma’naviyat, poklanish, Allohga yaqinlashish maktabi bo’lib qolsin! So’zimiz nihoyasida yana siz azizlardan so’raymiz:

Muborak Ramazon eshik qoqyapti, uni kutib olishga hamma tayyorgarligingizni ko’rdingizmi?



back 1 next