FAQAT ERKAKLAR O’QISINLAR! (1-QISM)ERKAKLARCHA YASHAYAPMIZMI?Bizning his-hayajon va mushkilotlarga to’lgan zam,onamizda eng katta mushkilotlardan biri oxirgi paytlarda taloqlar sonining ko’payganidadir. Agar qilingan taloqlarning sababini mutaxassislarcha tahlil qiladigan bo’lsak, shunday natijaga yetishimiz mumkin: Hozirgi zamonda qilinadigan taloqlarning aksariyati erkaklarning oiladagi nufuzlari tushib ketganligi sbablidir. Boshqacha va lo’nda qilib aytadigan bo’lsak, hozirgi erkaklar (albatta hammasi emas,lekin aksariyati) avvalgilar kabi shijoatli va mard emaslar. Ular oilalarida o’z ayollarining oldida unchalik hurmat e’tiborga ega bo’lmay qoldilar. Oilaning tayanchi emas, balki oilaning bir oddiy a’zasiga aylanib qolganlar. Bu ayanchli holatning kelib chiqish sabablariga quyidagilar kiradi, deyishimiz mumkin: Chet el kinolarining (g’arb davlatlarining) tez-tez namoyish etilishi va ularda ayollar oqil rahbar va yo’lboshchi sifatida talqin etilishi, o’zimizda chiqadigan ba’zi seriallar va ularda erkaklarni ichkilik ichuvchi nodon va ayollarni oqil qilib ko’rsatilishi (afsuski bu haqiqatdan yiroq emas), ayollarning yuqori savodga ega bo’lganliklari (ba’zida erkaklar ilmiy sathidan o’zib ketishgan) va boshqalar… albatta sanab o’tilgan sabablar o’z salbiy tasirini ko’rsatganligiga shak-shubha yo’q. Lekin yana bir muhim omil bordirki, bu haqda kam so’z yuritiladi, u ham bo’lsa o’g’il bolalar tarbiyasidir. Agar hech bo’lmasa bundan 20 -30 yil oldinroqqa nazar tashlaydigan bo’lsak, unda u paytlarda o’gil bolalar tarbiyasi tubdan farq qilgan ekanligini ko’rishimiz mumkin. Masalan, oldinlari o’smir yigitlar otalari yoki akalariga og’ir ishda qarashar edilar. Hatto dars o’qiydigan bo’lsalar ham darsdan keyin otalarining ishxonalariga borib qarashar edilar, yoz faslida esa uch oy ta’tilda biron ishning ketidan tushib yo shogirdlik qilar va yo biron boshqa ishni qilar edilar, bekor qolmas edilar. 18 yoshga yetganlarida esa yigitni yigit erkakni erkak qiladigan mktab –armiyaga ketar edilar. Armiyaga borib xizmat qilmaslik yigit kishi uchun or hisoblanar edi. Uning ustiga usha davrdagi Armiya bugungi kundagiga also o’xshamagan edi. Uzoq va g’arib o’lkada qiyinchiliklar bilan ikki yil xizmat qilinar edi. Hozirgi kunda esa begona yurtga ketish yo’q, sharoitlar ancha yaxshilangan, lekin shunday bo’lsa ham aksari ota-onalar pul berib bo’lsa –da o’g’illarini armiya xizmatiga yubormay olib qolishga harakat qilishadi. Aksari yoshlar dars, musiqa kompyuterga qiziqadilar (albatta bu yaxshi hol), lekin hayot darsi va chiniqish jihatidan esa yetilmaydilar. Nimjon va qiyinchiliklarga sabri yo’q yigitlar “haqiqiy erkaklarcha oila boshligi†bo’la oladilarmi? Usha paytlarda armiyadan kelgan yigitlar taxminan hayot mashaqqatlariga chiniqqan erkak bo’lib kelishar edi. Shuning uchun ota-onalari ular armiyadan qaytib kelgunlarigacha bironta qizni ko’z ostiga olib qo’yishar edi, yigit kelgach esa darrov to’y ham qilinar edi. Shunday qurilgan oilalar mustahkamroq bo’lgan, bunday oilalarda oilaviy muhit ham sog’lom bo’lgan, nega deganda erkak erkakka va ayol ayolga o’xshagan. Aslida yigitni qizlardan ajratib turadigan narsa ularni erkakchasiga chiniqtiradigan armiya xizmati deb qaraydigan bo’lsak, armiyaga bormagan yoki umuman qiyinchilikni boshidan o’tkazmagan yigitning darslarini yaxshi o’qigan yoki biron tayinli ishda ishlaydigan qiz bola oldida qanday imtiyozi bordirki, ertaga oila qurganda yigit “Men oila boshlig’iman†deb ayta olsin? Shuning uchun yettinchi imomimiz hazrat MUso bin Ja’far Kozim (a.s) bunday deb marhamat qilgan edilar: Yaxshisi bolalar kichikligida qiyinchiliklarni ko’rsinlar, (chunki qiyinchilik ko’rmay hech iloji yo’q, ammo kichikligida ko’rganlari afzaldir) shunda katta bo’lganlarida sabrli va chiniqqan bo’ladilar. Ha, imom aytganlaridek, agar yigit kishi yolg’izligida qiyinchiliklarni yengishni o’rgangan bo’lsa, ertaga ayoli va bola-chaqasining oldida qiyinchiliklar oldida esankirab qolmaydi, tog’ kabi metin bo’lib oilaning tayanchi bo’la oladi. Hazrat Ali (a.s) esa bu haqda bunday deydi: Insonning qiymati uning qo’lga kiritgan tajribalaridadir. Kimki o’z tajribalaridan o’rinli foydalansa o’z ishlarini munazzam va tartibli qilib boshqara oladi. E’tiboringizga erkaklar uchun foydali bo’lgan ba’zi tavsiyalarni bermoqchimiz. Bu tavsiyalarni keltirishimizdan maqsad uch maqsadga yetishdir. Biri- erkaklar o’zlarini ota-bobolariga o’xshaymiz degan iddio bilan o’zlarini katta tutmay, balki o’z nuqsonlarini isloh qilishlari; ikkinchisi- erkaklarning oiladada tutgan rollarining pasayishi qutulib bo’lmaydigan balodir, deb fikrlamaslik ; Erkakalr qadimdagidek oilani mardona va oqilona idora etmoqqa harakat qilishlari kerak. Erkaklarning rahbarlik rollari mantiqiy suratda yana jamiyatga qaytib kelmoqligi lozimdir. Uchinchisi- mabodo farzandlarimizni (ayniqsa o’gil bolalarni) erka va rohattalab qilib tarbiyalamaslik; Shunda va faqat shundagina bizlar ya’ni bugungi erkaklarda yuzaga kelgan mushkilotlarga duchor bo’lmaymiz. WWW.HIDOYAT.ORG – Xalqaro Islomiy Axborot va Ma’lumotlar Markazida tayyorlangan! |