Qur`onning nozil bo`lishiPayg`ambarimiz hazrat Muhammad (S.A.O.V)Hazrat Muhammad (S.A.O.V) odati shariflari shu ediki, doim Hiro tog`ida hilvat qilib Alloh taolo bilan rozu niyoz qilar edilar. Boshqa so`z bilan aytadigan bo`lsak, hatto payg`ambarlik vazifasi yuklatilmasdan oldin ham shirkdan pok holda parvardigorga toat va ibodat qilar edilar. Ana shunday muqaddas muloqotlarning birida ya`ni rajab oyining 26 dan 27 ga o`tar kechasi hazrat Jabroil (a.s) tarafidan ul zotga Alaq surasining birinchi besh oyati nozil bo`ldi. Albatta ana shu vahiy tushishidan oldin hazrat Muhammad ruhiy jihatdan (tushlari, berilgan bashoratlar orqali) vahiyni qabul qilib olishga tayyor edilar. Shuning uchun ba`zi kitoblarda yozilishicha, Jabroil ul zotni bo`gib vahiy yetkazganligi va ul zotning hayron bo`lib, nimani o`qiy?- deyishlari haqiqatdan uzoqdir. Umuman olganda oladigan bo`lsak , vahiy nozil bo`lish 23 yil davom etgan edi. Shundan 13 yili Makka shahrida va 10 yili Madinada nozil bo`lgan edi. Shuning uchun ba`zi suralarni makkiy va ba`zilarini esa madaniy suralar deb aytiladi. Albatta ba`zi oyatlar Makka va Madina orasida ham nozil bo`lgan edi. Shuning uchun makkiy va yoki madaniy deb nomlanishi shartli ravishda ulamolar orasida kelishilgan xolos. (Ya`ni Qur`onning o`zida sura yoki oyatlar makkiy va yoki madaniy deb atalmagandir, balki qo`shib qo`yilgandir). Rasuli akram hazratlari (S.A.O.V) 3yil xufiyona Islom diniga da`vat qildilar so`ng o`z yaqinlaringga yetkazib qo`ygin mazmunidagi oyat nozil bo`ldi. Shundan song ul zot avvalo o`z yaqinlarini keyin esa barchani Xudoparastlikka oshkor da`vat qilganlar. Aynan shu davrdan keyin xudoparastlik da`vatlarini yoqtirmagan Makka mushriklari Payg`ambarimizni siquvga ola boshladilar va turli zulm va tazyiqlar o`tkazdilar. Lekin hazrat ko`p mashaqqatlar chekishlariga qaramay 13yil Makkada sabru-bardosh bilan o`z vazifalarini og`ishmay ado etdilar. 13 yildan so`ng Allohning izni bilan Madinaga hijrat qildilar. U yerda Islom dinining tarqalishi uchun qulay sharoit yaratilgan edi. Garchi hatto Madinada ham yahudiylar, munofiqlar va mushriklar ko`p qiyinchiliklar keltirib chiqarar edilar. Yangi islom dinini mustahkamlash uchun musulmonlar o`zlari va dinlarini himoya qilish uchun dushmanlar bilan ko`p janglarda hazrat boshchiliklarida kurashgan edilar. Sabru matonat va fidokorlikning yaqqol namunasi bo`lgan bunday jangler tufayli Islom nobud bo`lmadi, balki aksincha kundan kunga kuchayib bordi. |