Hazrat Xadicha(a.s)ga uylanishlari



Payg`ambarimiz hazrat Muhammad (S.A.O.V)

Hazrat Xadicha(A.S)Ga Uylanishlari

Hazrat Muhammad ( s.a.o.v)  25 yoshga to`lganlarida hazrat Xadicha binti Huvaylidga uylandilar. Usha davrda hazrat Xadicha 40 yoshda bo`lib beva edilar. Hazrat Xadicha (a.s) omonatdor bo`lgan Muhammadga nazarlari tushib hazrat Abu Tolib vositalarida ul zotga turmushga chiqish niyati borligini aytadilar. Bu ikki buyuk zotlarning o`zaro nikoh orqali qovushishlarida hazrat Abu Tolib o`rtada vosita bo`ldilar . rivoyatlarda aytilishicha hazrat Xadichaga ko`pchilik arab zodagonlaridan sovchilar kelgan edi, lekin ul hazrat hammaga rad javobini berar edilar. Keyinchalik kop molu-davlatga ega bo`lgan hazrat Xadicha hamma boyliklarini islomni keng yoyish ishlari uchun Alloh yo`lida sarf qilgan edilar. Payg`ambarimizning eng qiyin kunlarida ul zotning yonlarida yelkama-yelka turib tasalli berib turgan ham ana shu vafodor ayol edi.