HUMAZA surasi104.1 . (Kishilar ortidan) g'iybat qiluvchi, (oldida) masxara qiluvchi har kimsaning holiga voy! 104.2 . Qaysiki, u mol-dunyoni yig'ib, uni sanagani-sanagan 104.3 . va moli (boyligi) uni abadiy qoldiradi deb o'ylab yurgan kimsadir. 104.4 . Yo'q! Qasamki, albatta, u Hutamaga tashlanur! 104.5 . (Ey, inson,) Hutama nima ekanligini senga ne ham anglatur?! 104.6 . (U) yoqib qo'yilgan Allohning bir olovidirki, 104.7 . (u badanlarni teshib o'tib) yuraklarga qadar yetur. 104.8 . Albatta, u (olov) ularni qamrab oluvchidir. 104.9 . (O'zlari) uzun ustunlarda (zanjirband) bo'lurlar.
|